Tramp Rossiyaning nodir metallaridan foydalanish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Vashington «Rossiyaning nodir metallaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi», - deya Reuters agentligi AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Foto: REUTERS/Evelyn Hockstein
AQSh prezidenti Donald Tramp «Rossiyaning nodir yer metallariga (amerikalik investorlar tomonidan) kirish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi»ligini aytdi. Amerika davlati rahbarining tegishli bayonotidan 26 fevral, chorshanbaga o‘tar kechasi Reuters agentligi iqtibos keltirdi.
Avvalroq, 24 fevral kuni Tramp Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha Rossiya bilan «jiddiy muzokaralar» olib borayotganini va «(Moskva bilan) iqtisodiy rivojlanish sohasida bir qator bitimlar tuzishga harakat qilayotganini» aytgandi. Bunda u Rossiya Federatsiyasidagi «nodir metallarning keng zaxiralari»ni eslatib o‘tdi, deb eslaydi CNN o‘z veb-saytida.
Putin nodir metallar bo‘yicha AQSh bilan hamkorlik to‘g‘risida
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin VGTRK muxbiri Pavel Zarubinga bergan intervyusida Moskva Qo‘shma Shtatlarga nodir metallarni qazib olish va alyuminiy ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishni taklif etishga tayyorligini aytdi.
Rossiya prezidenti o‘z taklifini qo‘shni davlatga qarshi urush paytida Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlariga ham yo‘lladi. «Biz chet ellik hamkorlarni yangi deb atalgan hududlarga jalb qilishga tayyormiz (...) U yerda ham ma’lum zaxiralar bor», — dedi Putin.
Rossiya Federatsiyasidagi nodir metallar haqida gapirar ekan, Putin bugungi kunda mamlakatda ularni o‘zlashtirish bo‘yicha yetarli ishlar qilinmayotganini tan oldi. «Nodir, noyob tuproq metallari iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlari uchun juda muhim tarkibiy qism, juda muhim manba hisoblanadi. Va biz hozircha bu yo‘nalishda kam ish qilyapmiz. Biz ko‘proq ish qilishimiz kerak», — dedi u.
Avstraliyaning Small Caps internet-nashri AQSh Geologik xizmati ma’lumotlariga tayanib aniqlik kiritishicha, 2024 yilda Rossiyada noyob tuproq metallari zaxiralari 3,8 million tonnani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi dunyoda Xitoy, Braziliya, Hindiston va Avstraliyadan keyin beshinchi o‘rinni egallaydi, deb yozadi nashr.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

20:00 / 16.05.2025
Tramp savdo bitimlarini tuzishga ulgurmagan davlatlar uchun yangi tariflarni e’lon qildi

19:29 / 16.05.2025
Trampning yangi Yaqin Sharq doktrinasi: Isroildan voz kechishmi?

17:17 / 16.05.2025
FTB sobiq direktori Trampni o‘ldirishga chaqirganlikda gumonlanmoqda

13:58 / 16.05.2025