Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada uch kundan beri o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. 3 ming kishi evakuatsiya qilindi
Bu mamlakatda so‘nggi 30 yil ichida kuzatilgan eng yirik o‘rmon yong‘ini hisoblanadi. Hukumat yong‘inni o‘chirishga 15 ta vertolyot jalb etgan va suv tashishga mo‘ljallangan yirik samolyotlar sonini oshirgan.
Yaponiya shimoli-sharqidagi Ofunato shahrida (Ivate prefekturasi) uch kundan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari kamida 1,2 ming gektar maydonni qamrab oldi, deb xabar beradi Kyodo agentligi.
Mahalliy hukumatning ta’kidlashicha, bu mamlakatda so‘nggi 30 yil ichida kuzatilgan eng yirik o‘rmon yong‘ini hisoblanadi.
Yong‘in sabab 3 ming kishi evakuatsiya qilingan. Yong‘inlar va tabiiy ofatlarga qarshi kurashish agentligi yaqin atrofdagi sakkizta prefekturadan o‘t o‘chiruvchilarni chaqirgan va hozirda 690 kishidan iborat shaxsiy tarkib alangaga qarshi kurashmoqda. Mamlakat bosh vaziri Sigeru Isiba hukumati yong‘inni o‘chirishga 15 ta vertolyot jalb etgan va suv tashishga mo‘ljallangan yirik samolyotlar sonini oshirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 fevral kuni boshlangan yong‘in hozirda bir kishining o‘limiga olib kelgan va 80 dan ortiq uyni kulga aylantirgan. 27 fevral kuni yaqin atrofdagi maktab va bog‘chalar yopilgan, Ofunatodagi 500 ta xonadon elektr ta’minotisiz qolgan. Bundan tashqari, shahardagi temiryo‘l tarmog‘i faoliyati ham to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026