«Biz Oydamiz», — deya ma’lum qilgan Ostinda joylashgan (Texas shtati) Parvozlarni boshqarish markazi. Shuningdek, markaz qo‘nish «barqaror» amalga oshirilganini qo‘shimcha qilgan.

Modul Oy yuzasiga burg‘ilash texnologiyasini sinovdan o‘tkazish, tuproq namunalarini to‘plashga mo‘ljallangan radiatsiya va changga bardoshli hisoblash tizimlariga esa ilmiy uskunalarni olib chiqqan.

Bundan 10 yil oldin asos solingan Firefly startapi o‘zining vertikal qo‘nish tizimi orqali Oyga kosmik kemasini uchirgan birinchi xususiy kompaniyaga aylandi. Ammo uning ortidan yana ikkita kompaniya harakat qilmoqda. Ulardan birining moduli joriy hafta oxirigacha Oyga qo‘nishi kerak.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Oyga qo‘ngan to‘rt oyoqli apparatning balandligi 2 metrni, eni esa 3,5 metrni tashkil etadi.

NASA uskunalarning Oyga yetkazib berilishi uchun 97 million yevro, shuningdek, bortdagi ilmiy hamda texnologik ishlanmalar uchun 42 million yevro to‘lagan. Bu Oyga yuklarni yetkazish bo‘yicha tijoriy dastur doirasidagi uchinchi missiya bo‘lib, u bir-biriga raqobatchi xususiy kompaniyalar o‘rtasida «Oq iqtisodiyoti»ni ishga tushirishga mo‘ljallangan.

6 mart kuni Hyustonda joylashgan Intuitive Machines kompaniyasi apparati ham Oyga qo‘nishi kerak. Yaponiyaning ispace kompaniyasiga tegishli uchinchi apparatning qo‘shiniga esa hali uch oy bor. U ham Blue Ghost bilan birga 15 yanvar kuni Kanaveral burnidan uchirilgan edi, ammo uning parvozi uchun uzoq marshrut tanlangan. Intuitive Machines va ispace ikkinchi marotaba Oyga qo‘nmoqchi, ularning birinchi apparatlari qulab tushgan edi.