AQŞ prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyning tinçlik bitimiga hali «juda, juda uzoq» ekani borasidagi sözlarini Ukraina prezidentining «eng yomon bayonoti», deb atadi.
«Bu Zelenskiy bergan eng yomon bayonotdir va Amerika bunga uzoq vaqt çidab turmaydi! Aytganimdek, bu yigit Amerika qöllab-quvvatlovi bor ekan tinçlik bölişini xohlamaydi, Yevropa esa Zelenskiy bilan uçraşuvda töğridan-töğri ular bu işni AQŞsiz qila olmasliklarini bildirdi — ehtimol, bu Rossiyaga qarşi kuçlarni namoyiş etiş maqsadida qilingan eng yaxşi bayonot emasdir. Ular nimani öylayapti?», — deb yozadi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğiga.
U öz postiga Associated Press’ning 3 martdagi «Zelenskiy Rossiya bilan uruş tugaşiga «hali juda, juda uzoq» ekanini ma’lum qildi», sarlavhasi ostidagi materiali havolasini qoldirgan. Unda agentlik Zelenskiyning Ukraina va Rossiya örtasidagi uruşning töxtatilişiga «hali juda, juda uzoq» ekani haqida aytgan gapidan iqtibos keltirgan va u Oq uyda Donald Tramp bilan yuz bergan tortişuvga qaramay, Amerika qöllab-quvvatlovini olişni davom etiş niyatida ekanini qöşimça qilgan.
«Öylaymanki, AQŞ bilan munosabatlarimiz davom etadi, çunki bu tasodifiy munosabatlardan kattaroq narsa», — deya AP Zelenskiy sözlarini keltiradi.
Volodimir Zelenskiy 28 fevral kuni Oq uyda Donald Tramp va uning vitse-prezidenti Jyey Di Vens bilan uçraşdi. Muzokaralar ikki mamlakat yetakçilarining tortişuvi bilan yakunlandi. Zelenskiy Trampning söroviga köra, Oq uyni muddatidan oldin tark etdi. Tomonlar Ukrainada nodir metallarni qazib oliş böyiça bitimni imzolamadi.
Şundan söng, Ukraina prezidenti Londonga uçib, boş vazir Kir Starmer bilan uçraşdi. Ertasi kuni esa Yevropa yetakçilari iştirokida Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalasiga bağişlangan sammit bölib ötdi. Sammit yakunida Starmer Buyuk Britaniya va Fransiya Ukraina bilan birga öt oçişni töxtatiş rejasi ustida iş olib borişi, keyin esa uni AQŞga taqdim etişini ma’lum qildi.

















