«Sizning zimmangizga juda katta mas’uliyat tuşmoqda, uruş yakunlari köplab avlodlar uçun ahamiyatga ega böladi, biz ğalabaga erişişga qat’iy qaror qildik», – dedi Netanyahu Zamirga qurolli kuçlar ştab-kvartirasidagi inauguratsiya marosimida.

Mudofaa vazirligida ötkazilgan marosimda Zamir general-mayor unvonini olgan. Yangi qömondon hali Hamas ustidan ğalabaga erişilmaganini qayd etib, garovdagi isroilliklarni ozod etiş ustida iş olib borişga va’da berdi. U 2025 yil faol harbiy harakatlar yili bölişini aytib ötgan.

Zamir Boş ştab boşliği lavozimida general-leytenant Hersi Halevining örnini egalladi – u Hamasning 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumini qaytara olmagani tufayli iste’foga çiqqandi. Halevining iste’fosi haqida 2025 yil yanvar oyi oxirlarida ma’lum bölgandi. U öz bayonotida muvaffaqiyatsizlik uçun javobgarlikni zimmasiga olib, armiyadan ketişini ta’kidlagan edi. Halevining ortidan TSAHAL Janubiy qömondonligi boşliği general-mayor Yaron Finkelman ham iste’foga çiqişini e’lon qilgan.

Ğarbiy sohildagi amaliyot

Isroil Iordan daryosining ğarbiy sohilidagi qoçqinlar lagerlarida operatsiyalarni kengaytirdi.

Ğarbiy sohildagi Xevronda Isroil harbiylari 2024 yil oktyabr oyida isroilliklarga hujum qilişda ayblangan falastinlikning uyini portlatmoqda. Foto: Getty Images

Yanvar oyi oxirida boşlangan «Temir devor» amaliyoti Isroilning Ğarbiy sohildagi sönggi yigirma yillikdagi eng yirik operatsiyasi hisoblanadi.

Isroil harbiylari seşanba kuni işğol ostidagi Ğarbiy sohilda Jyenin şahrida ötkazilgan reyd çoğida Hamasning mahalliy guruhi rahbari Aysar al-Sa’diy öldirilganini ma’lum qildi.

Isroil qöşinlari şu paytgaça falastinliklarga asosan şimoldagi «Jyenin», «Tulkarim», «Nur-Şams» va «Far’a» qoçqinlar lagerlarida zarbalar bergan. Yakşanba kuni TsAXAL Jyeninga tank vzvodi taşlangani va operatsiyalar qöşni Kabatiya şahrigaça kengaytirilganini ma’lum qildi.

Ikki kun avval Isroil qöşinlari okkupatsiya ostidagi Iordan daryosining Ğarbiy sohilida joylaşgan «Nur-Şams» qoçqinlar lageridagi uylarni vayron qilib, bu yerdan ötgan keng yölni tozalagandi.