Şavkat Mirziyoyev 5 mart kuni Özbekistonda rasmiy taşrif bilan bölib turgan Gurjiston boş vaziri Irakliy Kobaxidze boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Uçraşuv avvalida oliy martabali mehmon Şavkat Mirziyoyevga Gurjiston prezidenti Mixail Kavelaşvilining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Parlamentlar va hukumatlar darajasidagi aloqalar faollaşgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. 2024 yilda özaro tovar ayirboşlaş 50 foizga oşdi, qöşma korxonalar soni va yuk aylanmasi hajmi köpaydi. Poytaxtlar örtasida töğridan-töğri aviareyslar amalga oşirilmoqda. Özbekistonda gurjistonlik investorlar iştirokida taşkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda. Gumanitar yönalişda ötgan yili Tbilisi şahrida Özbekiston madaniyati va kinosi kunlari muvaffaqiyatli ötkazildi.
Suhbatda şu kunlarda Toşkent şahrida ötgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişining yakunlari yuksak baholandi.
«Tovar ayirboşlaş sur’atini saqlab qoliş, eksport va import mutanosibligini ta’minlaş, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari suriş, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalaniş, şuningdek, ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka faol jalb qiliş böyiça özaro muvofiqlaşgan çoralar köriş muhimligi qayd etildi», — deyiladi xabarda.

Şuningdek, uçraşuvda raqamlaştiriş va turizm infratuzilmasini rivojlantiriş borasidagi şeriklik va almaşinuvlarni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş maqsadida kelgusida Özbekiston va Gurjiston hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlik qilişga kelişib olindi.
Gurjiston boş vaziri Özbekistonga 4 mart kuni yetib kelgandi. Taşrif avvalida u «Yangi Özbekiston» boğiga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qöydi.

















