Ötgan fevral oyining harorat tartibi notekis böldi, bunday holat qişning oxirgi oyi uçun xosdir. Fevral oyi davomida iliq tölqinlar va sovuq tölqinlar bir-biri bilan örin almaşib turişi kuzatildi.
Özbekiston hududining katta qismida örtaça oylik havo harorati örtaça köp yillik qiymatlarga yaqin bölib, faqat Farğona vodiysi hududlarida odatdagidan 1,5-2 darajaga iliqroq böldi. Eng iliq davrlarda havo harorati me’yordan 5-8 darajaga yuqori böldi.
6-8 fevralda respublika hududining katta qismida kunduz kunlari havo 14-17 darajagaça, janubda 19-21 darajagaça isidi. Fevral oyi uçinçi ön kunligining boşida iliq kunlar kuzatildi, bunda harorat 18-21 darajagaça, janubda 23-24 darajagaça kötarildi.
Fevral oyining birinçi kunlarida, ikkinçi ön kunligi boşida va oyining oxirida sovuq tölqinlar kuzatildi, bunda harorat me’yordan 3-5 darajaga, respublika şimolida 8-10 darajaga pasaydi. Uşbu davrlarda havo harorati keçalari 0-5 darajagaça, kunduz kunlari 0-5 darajagaça pasaydi. Respublika şimolida sovuq sezilarli darajada bölişi kuzatildi, harorat keçalari 7-10 darajagaça, ayrim eng sovuq keçalarda esa 13-18 darajagaça, kunduz kunlari 2-7 darajagaça pasaydi.
Fevral oyida yoğingarçilik notekis bölişi kuzatildi. Oyning oxirgi beş kunligi oylik yoğingarçilik miqdoriga katta hissa qöşdi. Kavkaz hududlaridan sovuq va nam havoning keskin kirib kelişi hisobiga 23 fevralda respublikaning şimolida, 24-25 fevralda çöl hududlarda, 26 fevralda Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo va Namangan viloyatlarida qor körinişidagi kuçli yoğingarçilik qayd etildi.
Şu kunlarda tekislik hududlarda ba’zi joylarda balandligi 15-22 sm gaça bölgan qor qoplami hosil böldi, ammo qor qoplamining davomiyligi juda qisqa bölib, qor 2-3 kunda butunlay eridi.
Umuman, hududning katta qismida fevral oyi quruq bölib, oy davomida yoğingarçilik me’yordan kam (me’yordan 25 foizdan 70 foizgaça) bölişi kuzatildi. Faqat yoğingarçilik me’yori juda kam bölgan hududlarda — Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda oy davomida yoğingarçilik me’yordan köp va me’yor atrofida böldi.

















