Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilinişi tufayli isyon kötarişda ayblangan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol hibsdan ozod qilindi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.

Seul markaziy sudi fevralda prezidentni himoya qiliş böyiça kiritilgan iltimosnomani qanoatlantirib, şunday qaror qabul qilgan.

Yun Sok Yol 2024 yil 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etib, bu mamlakatni «Şimoliy Koreya kommunistik kuçlari tahdidi»dan himoya qiliş uçun zarurligini aytgandi. Parlament bir neça soatdan söng harbiy holatni bekor qildi, Yunning özi esa isyonga undaşda ayblandi. Şundan söng mamlakat parlamenti prezidentga impiçment e’lon qiliş uçun ovoz berdi. Uni Konstitutsiyaviy sud tasdiqlaşi kerak, biroq u hozirça qaror çiqarmadi. Ungaça prezident rasman öz lavozimida qoladi.

Yun Sok Yol isyon işi böyiça söroqqa kelmagaç, sud uni hibsga oliş uçun order berdi. Biroq prezident xavfsizlik xizmatining qarşiligi tufayli tergovçilar Yun Sok Yolni birinçi urinişdayoq qölga ololmagan. Ular buni faqat 15 yanvar kuni amalga oşirişga muvaffaq bölişdi. 18 yanvar kuni Seul sudi prezidentni hibsga oldi.

U şundan buyon Seul janubida joylaşgan Uivang şahridagi tergov izolyatorida saqlanayotgandi. Bu amaldagi, lekin hokimiyatdan çetlatilgan davlat rahbarining qölga olinişidagi ilk holat bölgandi. Fevral oyi oxirida Seulda unga qarşi sud jarayoni boşlangandi.

Prokurorlar endi u ozodlikdaligida dalillarni yöq qilişga urinişi va işga oid şaxslar bilan uçraşişidan xavotir bildirgan.

Agar Yun Sok Yol aybdor deb topilsa, u köp yillik qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.