Sudyalarni turli majlislarga chaqirish, ularga o‘z vakolatlariga kirmaydigan vazifalarni yuklash holatlari kuzatilmoqda. Bu esa sudyalarning asosiy vazifasiga – qonun va adolat asosida xolis qaror chiqarishlariga to‘sqinlik qilishi mumkin. Achinarlisi, sudlarga ta’sir o‘tkazishga bo‘lgan harakatlar ayrim idoralar va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Eng yomoni, bunday holat fuqarolarda nafaqat sud tizimi, davlatning insonparvarlik siyosatiga ham ishonchsizlik paydo qilishi ehtimolini yuzaga keltiradi.

Shu sabab, davlat rahbari sudlar faoliyatiga aralashishga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlab, barcha rahbarlar va mansabdor shaxslarni qat’iy ogohlantirdi. Sud faoliyatiga aralashish – odil sudlovga soya solish, deb baholanadi. Endi bunga yo‘l qo‘yganlarga qonun doirasida jiddiy choralar ko‘riladi, so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘ladi.

Sud tizimida inson omilini kamaytirish va uni xalqchil qilish uchun raqamlashtirishga e’tibor berilmoqda. Qolaversa, bu g‘aznaga ham foyda: sudlarning ichki hujjatlar aylanmasi to‘liq elektron shaklga o‘tkazilishi natijasida qisqa davrda davlat budjetidan 638 million so‘mlik xarajatlar iqtisod qilindi.

Shuningdek:

  • Hozir barchaning ham sud mahkamasiga borishi shart emas – my.sud.uz orqali 14 ta xizmat onlayn tarzda ishlamoqda.
  • Ishlarni inson omilisiz taqsimlash yo‘lga qo‘yildi.
  • Sud hujjatlari 100 foiz elektron shaklga o‘tkaziladi – qog‘ozbozlik, byurokratiyaga barham beriladi.
  • Sun’iy intellekt yordamida huquqiy yordam bo‘yicha virtual maslahatchi yaratiladi.

Har yili sudlarda 1 millionga yaqin nizosiz ishlar ko‘rilyapti. Masalan, o‘tgan yili fuqarolik sudlarida kommunal qarzdorlik bo‘yicha 200 mingga yaqin shunday ish ko‘rilgan. Sud o‘zining qimmatli vaqtini bu ishlarga sarflamasa ham bo‘ladi, aslida buni notariusda hal qilishning imkoni bor.

“Raqamli sud” konsepsiyasiga ko‘ra, Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi. U sudlarga zarur bo‘lgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar yaratish, sun’iy intellektni joriy etish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Tadbirkorlik sub’yektlari bilan sudlar o‘rtasida elektron ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada: