Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Köksaroyda ötkazilgan bayram tadbirida prezident Şavkat Mirziyoyev bu yil 250 ming nafar qiz oliy ta’limga qamrab olinişini ma’lum qildi.
Davlat rahbari qiz bolaning öqişi butun oilaga naf keltirişini yana bir bor ta’kidladi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda talabalarning 52 foizdan ortiğini xotin-qizlar taşkil etmoqda. Ötgan yilning özida magistraturada öqiyotgan 15 mingga yaqin xotin-qizlarga 100 milliard sömga yaqin kontrakt puli tölab berilgan.
Hozirgi vaqtda 6 ming 200 dan ortiq xotin-qizlar ilmiy faoliyat bilan şuğullanayotgani, ilmiy işlanmalarning 25 foizini olima ayollar yaratayotgani ham jamiyatda ularning örni mustahkamlanib borayotganidan dalolat berişi aytildi.
«Har bir oiladagi qizlar boğça, maktab bilan töliq qamrab olinişi, zamonaviy kasb-hunar va çet tillarini egallaşi, oliy ma’lumotga ega bölişi uçun bundan buyon ham barça şaroitlar yaratiladi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Xususan, bu yil 250 ming nafar qiz oliy ta’limga qamrab olinadi. Bu 2017 yilga nisbatan 3,5 karra köp. Yana 250 ming nafar ayol kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiladi. «Yorqin kelajak» loyihasi doirasida kamida 200 nafar qiz har yili dunyoning nufuzli oliygohlariga öqişga yuboriladi.

















