Köksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Tadbir avvalida Şavkat Mirziyoyev nutq sözlab, barça ayol-qizlarni samimiy qutladi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini töliq ta’minlaş, qadr-qimmatini uluğlaş davlat siyosatida yetakçi örinda ekanini ta’kidladi.
Şuningdek, prezident ayollarning oğirini yengil qiliş, ularga qöşimça şaroitlar yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
«Uy-rözğor işlari va farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan şuğullanayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, desak, töğri böladi. Yangi Özbekistonda xotin-qizlarning oğirini yengil qiliş, ular uçun barça sohalarda zarur şaroitlarni yaratib beriş doimo davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biri bölib qoladi», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şu bois, yangilangan Konstitutsiyadagi ijtimoiy davlat tamoyiliga muvofiq, ayollarni ijtimoiy himoya qiliş ham yangiça taşkil etilayotgani ta’kidlandi.
Qayd etilişiça, 2025 yilda nogironligi bölgan 162 ming nafar ayolga sanatoriy, şifoxona va özlari yaşayotgan mahallada tibbiy yordam körsatiladi, boquvçisini yöqotgan 130 ming nafar xotin-qizga moddiy yordam beriladi, yana 6 mingining uy-joy şaroitlari yaxşilanadi, mehnatga layoqatli ayollar işga joylaştiriladi.

















