Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Sariq dengiz tomon ballistik raketalar uchirdi
Bunga Seul va Vashington «Ozodlik qalqoni» nomli harbiy hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarini boshlagani sabab bo‘lmoqda.
Foto: AP
Shimoliy Koreya Sariq dengiz tomon bir nechta ballistik raketani uchirdi. Bu Seul va Vashington «Ozodlik qalqoni» nomli harbiy o‘quvlarni boshlaganidan bir necha soat o‘tib amalga oshirildi, deb xabar beradi Euronews.
Pxenyan mazkur o‘quv mashg‘ulotlarini Koreya yarimorolidagi vaziyatni keskinlashtiradigan «xavfli provokatsiya» deb atamoqda.
Janubiy Koreya Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raketalar KXDRning Xvanxe provinsiyasidan uchirilganini ma’lum qildi. «Bizning qurolli kuchlarimiz ogohlik va kuzatuv choralarini kuchaytirdi, AQSh bilan hamkorlikda to‘liq shay holatda turibdi», — deyiladi xabarda.
«Ozodlik qalqoni» o‘quvlari qo‘mondonlik-shtab tayyorgarliklari va unga bog‘liq dala mashg‘ulotlarini o‘z ichiga olib, 20 mart kuniga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirlarida Kim Chen In KXDR yadroviy qalqonini mustahkamlashni buyurgandi. Uning aytishicha, yadroviy materiallar ishlab chiqarish rejasini yanada oshirish va «mamlakatning yadroviy qalqonini mustahkamlashda novatorlik natijalariga erishish» kerak.
Mavzuga oid
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti KXDRga sheriklikda ayblandi
11:17 / 06.11.2025
AQSh Minuteman III qit’alararo raketa sinovini o‘tkazdi
10:50 / 05.11.2025