Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi
2025 yil 13 mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 2025 yil 25 mart 05:00 gacha Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

Foto: Uzbekistan Airports
Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddat — 1983 yildan beri ishlatilishi munosabati bilan hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Xususan, 1554 m uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, yurish yo‘lagining ustki qatlami ham ta’mirlanadi. Tanlov natijalariga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash ishlarini «Farg‘ona yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi» olib boradi.
Shahrisabz aeroportida samolyotlarni qabul qilish imkoniyati cheklangan edi – parvozlar haftasiga ikki marta kichik L-410 samolyotlarida amalga oshirilardi. Uchish-qo‘nish yo‘lagi ta’mirlangandan so‘ng aeroport o‘rta masofaga mo‘ljallangan zamonaviy ATR-72 samolyotlarini haftasiga uch martagacha qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shimoliy Muz okeanidagi muzliklar maydoni tarixdagi minimal darajaga yetdi
Jahon | 22:55
-
21 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:55
-
Haj va Umra yagona portali ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 22:29
-
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi
Jahon | 22:13
Mavzuga oid

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

23:08 / 11.04.2025
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi

16:04 / 26.03.2025