Jizzaxda inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Birlamçi ma’lumotlarga köra, YTH bugun, 13 mart kuni soat 6:50 larda xalqaro ahamiyatga ega M-39 avtomobil yölining Şarof Raşidov tumani hududidan ötgan 980-kilometrida sodir bölgan.

“Samarqand-Toşkent” yönalişida harakatlanib kelayotgan Matiz maşinasi haydovçisi boşqaruv paytida uxlab qolgan. Buning oqibatida maşina yölning qayrilib oliş joyidan qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan hamda yuk maşinasi bilan töqnaşgan.

YTH oqibatida Matiz haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Oldinroq Boysunda YTH oqibatida 8 yoşli qiz halok bölgani xabar qilingandi.