Parij şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Strategik şeriklik örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari huzurida Mutaxassislar va talabalar harakatçanligi töğrisidagi hukumatlararo bitim almaşildi.

Davlat taşrifi davomida quyidagilar ham imzolandi:

  • Özbekiston-Fransiya universitetini taşkil etiş töğrisida hukumatlararo bitim;
  • readmissiya töğrisida hukumatlararo bitim;
  • Fransiyaning yetakçi kompaniyalari bilan Özbekistonda 6,5 milliard yevrolik istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oşirişni nazarda tutuvçi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi;
  • taşqi işlar vazirliklarining 2025-2026 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
  • 2026-2030 yillarda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik dasturi;
  • diplomatik pasport egalarini viza talablaridan özaro ozod qiliş töğrisidagi hukumatlararo bitim;
  • xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlik töğrisida deklaratsiya;
  • soğliqni saqlaş sohasida hamkorlik töğrisida deklaratsiya;
  • fransuz tilini öqitişni kengaytiriş töğrisida bayonnoma;
  • musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik töğrisida deklaratsiya;
  • Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi bilan Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniy meros milliy instituti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti örtasidagi hamkorlik bitimlari;
  • Toşkent va Parij şaharlari örtasida şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisida bayonnoma va boşqa ikki tomonlama hujjatlar.