Andijon şahrida 13 mart kuni poyezd fuqaroni urib yubordi, deb xabar beradi Andijon viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi.

Qayd etilişiça, payşanba kuni soat 10:22 da tez yordam brigadasi voqea joyiga yetib borgan. Bu vaqtda X.M. ismli 1999 yilda tuğilgan, kar-soqov yigit oğir va karaxt holatda bölgan.

Jabrlanuvçi 10:34 da Respublika şoşilinç tibbiy yordam markazi viloyat filialiga olib kelingan. Markaz şifokorlari operatsiya natijasida bemorning hayotini saqlab qolgan.

Unga boş miya oğir jarohati, çayqalişi, gematomasi, qoş qismi yirtilişi, öng oşiq-boldir böğimi çiqişi, oşiq-boldir böğimi sinişi, postravmatik karaxtlik kabi taşxislar qöyilgan.

«Bemorning holati örta oğirlikda deb baholanmoqda. U hozirda şifokorlar nazorati ostida, salomatlik holati esa ijobiy körinişda», — deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 2024 yil oktyabr oyida Toşkentda temiryölning belgilangan qismidan velosipedda kesib ötayotgan 15 yoşli bolani poyezd urib ketgandi.