Özbekistonda bolalar tagliklari muvofiqlik sertifikatini oliş talab etiladigan tovarlar qatoriga kiritilişi ortidan, bu mahsulot importi sezilarli qisqardi.
Kun.uz muxbiri Toşkent şahridagi savdo rastalari va dökonlarda bölib, holatni örgandi. Ayni paytda bolalar tagliklari bilan boğliq taqçillik kuzatilmayapti, ammo narxlar qimmatlaşgan.
Majburiy sertifikatlaş talabi
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14 avgustdagi qarori bilan, 2024 yil noyabr oyidan boşlab xavf darajasi yuqori bölgan mahsulotlarni majburiy davlat röyxatidan ötkaziş tartibi belgilangan.
Qarorga asosan, xavf darajasi yuqori tovarlar röyxatiga quyidagi mahsulotlar kiritilgan:
- bolalar uçun sörğiçlar;
- 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun boş kiyimlar;
- 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun kiyim-keçak — pijama, içki şim, pantalon, issiq köylak, içki köylak, mayka, taglik, qalpoqça, slayder, kalta köylak, içki kiyim, tugmasiz yaktakça;
- paypoqli iştonçalar (kolgotka), paypoqlar, uzun paypoq (çulki) va yarim uzun paypoqlar (yarim çulki) hamda şunga öxşaş 3 yoşgaça bölgan bolalar kiyimlari;
- namlikni yutuvçi materiallar (tagliklar), şuningdek, gigiyenik paxta tayoqçalar (burun va quloqni tozalaşga) va bolalar uçun möljallangan şunga öxşaş boşqa mahsulotlar;
- 3 yoşgaça bölgan bolalarni ovqatlantiriş uçun idişlar;
- tiş çötkalari.
Bu tartib jismoniy şaxslar tomonidan belgilangan normalar doirasida şaxsiy ehtiyojlar uçun olib kiriladigan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi.
Import keskin qisqargan
Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida ayollar va bolalar uçun gigiyenik prokladka va tagliklar importi 2112 tonnani taşkil etgan. Bu – 2024 yilning mos davri (3826 tonna) bilan taqqoslaganda, 1714 tonnaga yoki 1,8 barobarga kam.
Bu toifadagi mahsulotlarni olib kiriş qiymat jihatdan 2,7 barobarga kamaygan: ikki oylik import ötgan yilgi 15,2 mln dollardan bu yil 5,6 mln dollargaça qisqargan.

















