Parijdagi kelişuvlar, 800 millionlik boj va taglik tekşiruvi - hafta dayjesti
|02:15 / 16.03.202519 10211 min
Özbekiston va Fransiya munosabatlari strategik şeriklik darajasiga çiqdi. Qirğiziston va Tojikiston çegara masalasida kelişib oldi. Bolalar tagliklari uçun majburiy sertifikat kiritilgani importni qiyinlaştirib, narxlarni oşiryapti. Bojxonaçilar ehtiyot qismlardan tayyor maşina yiğiş jarayonini körsatib berdi. Amaldorlar Mercedes-Benz'lardan voz keçmoqda. Kun.uz'da – Özbekiston haftanomasi.
Fransiya – strategik şerigimiz
Dunyoning yettinçi eng yirik iqtisodiyoti, BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zosi, qaynoq demokratiya va jöşqin liberalizm beşiklaridan biri bölmiş Fransiya Respublikasi – endi strategik şerigimiz. Şavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat taşrifi vaqtida bu haqdagi deklaratsiya qabul qilindi.
36 ta banddan iborat hujjatda köplab yönalişlarda hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş haqida söz boradi. Mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qiliş, xavfsizlikka doir va harbiy-siyosiy mazmundagi strategik muloqotlar, energetika va foydali qazilmalar kabi yönalişlar şular jumlasidan. Hujjatda tomonlar dezinformatsiyaga qarşi turiş maqsadida söz erkinligiga sodiq qolişini tasdiqlagan.
Yelisey saroyidagi yuzma-yuz muzokaralar va hujjatlarni imzolaş tadbirlaridan keyin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron özbekistonlik hamkasbini Faxriy legion ordeni bilan mukofotladi. Oqşomda esa tomonlar muloqotni dasturxon atrofida davom ettirişdi. Unda mezbon mamlakat rahbari mehmonlarga özbek tilida mulozamat körsatdi: “Yaşasin Özbekiston, yaşasin Fransiya! Yaşasin Fransiya–Özbekiston döstligi!” – dedi u qabul marosimidagi nutqida.
Şavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronga atoqli fransuz yozuvçisi Viktor Hyugoning özbek tiliga tarjima qilingan “Kulayotgan odam” romanining ilk nusxasini sovğa
Şavkat Mirziyoyev sovğadan mamnun bölib, “bu mening vatanim” deya hamkasbini bağriga bosib qöyganini köriş mumkin.
Imzolangan hujjatlarga qaytsak. Strategik şeriklik deklaratsiyasidan taşqari, eng yirik bitimlardan biri, kutilganidek, Fransiyadagi AESlar uçun uran ta’minotiga oid böldi. Fransuz naşrlari ham taşrifni yoritişda asosiy urğuni uranga qaratdi. “Navoiyuran” davlat korxonasi, Fransuzlarning Orano guruhi va Yaponiyaning ITOCHU korporatsiyasi örtasida tuzilgan bitimga asosan, yil oxirigaça Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi “Jonkeldi” konida uran qazib oliş boşlanadi. Dastlabki 3 yilda loyihaga 214 mln dollar yönaltirilişi közda tutilgan. Kondagi zaxiralar 10 yildan ortiqroq vaqt davomida, yiliga 700 tonnagaça miqdorda uran qazib oliş imkonini beradi.
Ma’lumot uçun, Fransiyaga uran yetkazib beriş ortişi bilan, oxirgi 2 yilda Özbekistonning bu mamlakatga eksporti 10 barobardan köproqqa oşdi. Makronning 2023 yilda Samarqandga taşrifidan keyin, 2024 yilda özaro savdo hajmi ilk marta 1 mlrd dollarga yetgan.
Rossiya bilan muloqotlar
Özbekiston prezidentining Ğarbdagi biror yirik davlatga taşrifi tugar-tugamas, Rossiyadan Toşkentga qarab delegatsiya yölga çiqişi holati yana kuzatildi. Parijdan qaytgan Şavkat Mirziyoyevni Toşkentda Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyaçeslav Volodin kutayotgandi. U ertasiga davlat rahbarining qabulida böldi. Rasmiy xabarda aytilişiça, mehmon Özbekiston rahbariga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan. Uçraşuvda keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarining dolzarb masalalari körib çiqildi, deyiladi rasmiy axborotda. Volodin boşliq delegatsiya Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatida ham böldi, biror hujjat yoki kelişuv haqida xabarlar bölgani yöq.
Hafta davomida, şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi ham Rossiyaga bordi. Unda hukumatlar örtasida iqtisodiy mavzular, xususan Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi doirasida özaro bozorlarga kiriş masalasi körib çiqilgan. Boş muzokaraçi Azizbek Örunovning sözlariga köra, Rossiya tomoni bilan bu boradagi “hal etilmagan masalalar” muhokama qilingan. Moskvadagilar, jumladan, Özbekiston energetika infratuzilmasiga oid loyihalarni amalga oşiriş muhimligiga urğu bergan. Eslatib ötamiz, Özbekiston hozirga qadar JSTga kiriş böyiça AQŞ, Xitoy kabi muhim a’zo-davlatlar bilan muzokaralarni yakunlagan, Rossiya esa hozirça kelişuvga erişilmagan sanoqli davlatlar qatorida qolmoqda.
Bolalar tagliklarini majburiy sertifikatlaş boşlangan
Taşqi savdo mavzusini davom ettiramiz. Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zolik jarayoni bilan parallel ravişda, importga turli notarif çeklovlarni joriy etişda davom etyapti. Şu hafta ma’lum bölişiça, bolalar tagliklari uçun majburiy sertifikat joriy etilganidan keyin, tagliklar importi keskin kamayib ketgan. Bu esa, tabiiyki, narx-navoda öz aksini topyapti.
Majburiy sertifikat talabi Vazirlar Mahkamasining ötgan yil avgustdagi qaroriga asosan kiritilgan. Bu qarorga köra, bolalar uçun kiyim-keçaklar, sörğiçlar, tagliklar, şuningdek, barça turdagi tiş çötkalar “xavf darajasi yuqori tovarlar” röyxatiga kiritilgan. Bu röyxatdagi tovarlar davlat röyxatidan ötkazilişi, şundan keyin har bir partiyasi uçun muvofiqlik sertifikati olinişi kerak. Kun.uz suhbatlaşgan tadbirkor buni “byurokratiya va sun’iy tösiqlar bilan raqobatni çeklaş” deb atadi. “Importyorlar uçun uzun navbat yuzaga kelgan, bu tekşiruvlar tadbirkorlarga qöşimça xarajat yuklamoqda”, deydi taglik importi bilan şuğullanuvçi tadbirkor.
Importyorlar aytayotgan qiyinçiliklar rasmiy raqamlarda ham öz aksini topyapti. Bojxona ma’lumotlariga köra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida “ayollar va bolalar uçun gigiyenik prokladka va tagliklar” toifasidagi tovarlar importi fizik hajmda salkam 2 barobarga, qiymat jihatdan salkam 3 barobarga kamaygan.
Bojxonada yiğilgan samosval
Özbekistonga importi keskin kamayayotgan tovarlarning yana bir toifasi – avtomobillar. Bojxona qömitasi oçiqlagan statistikadan ma’lum bölişiça, 2025 yilning fevral oyida Özbekistonga yengil avtomobil importi qiymat jihatdan 3,5 barobarga, miqdor jihatdan esa 2,8 barobarga qisqargan. Bu pasayiş ham importga ötgan yili joriy etilgan bir qator notarif tösiqlar va bojxonada sun’iy ravişda yuzaga keltirilgan navbatlar ortidan röy beryapti.
Hafta davomida proteksionizm va mahalliylaştiriş boşqa bir voqea sababli ham tarmoqlarda yana muhokama mavzusiga aylandi. Juma kuni Bojxona qömitasi yuk maşinasini bölaklarga bölib olib kirişga uriniş foş etilgani haqida xabar tarqatdi. Xabarga ilova qilingan video köpçilikni hayratda qoldirdi: unda atigi bir neça kişi, bevosita bojxona omborining özida, oddiygina texnikalarni qöllagan holda, butun boşli yuk maşinasini ehtiyot qismlardan yiğib, tayyor holatga keltirganini köriş mumkin. Bu holat tarmoqlarda: “Maşina yiğiş uçun umuman zavod qurib ovora böliş şart emas ekan-ku!” degan istehzoli izohlarga sabab böldi.
Bojxona qömitasiga köra, “Sirğali” postida aniqlangan bu holatda, xorijdan keltirilgan 11 turdagi avto ehtiyot qismlari aslida bir butun holdagi tovar – samosval bölib çiqqan. “Transport vositasini qismlarga ajratib göyoki avto ehtiyot qism niqobi ostida olib kirişga uriniş orqali yuk egasi 800 mln sömlik bojxona tölovlarini “tejamoqçi” bölgan”, deyiladi rasmiy xabarda.
Voqea tarmoqlarda qizğin muhokamalarni keltirib çiqardi. Iqtisodçilar bu holat mahalliy işlab çiqaruvçini himoyalaş uçun joriy etilgan yuqori bojlarning oqibati ekanini aytdi. Darhaqiqat, bitta yuk maşinasini olib kiriş 800 mln sömdan köproqqa tuşişining sababi – aynan bojlar. Özbekistonda samosvallar uçun naq 70 foizlik, qöşimçasiga har bir kub motor hajmi uçun 3 dollarlik bojlar örnatilgan. Bu bojlarning sababi esa, albatta, mahalliylaştirişga borib taqaladi: Samarqandda yuk maşinalarini yiğiş yölga qöyilgan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Qirğiziston va Tojikiston çegara masalasida nihoyat kelişib oldi. Ikki davlat rahbarlari 13 mart kuni Bişkekda çegara töğrisidagi şartnomani imzoladi. Qirğiz–tojik çegarasida 2021 yili yopilgan ikkita ötkaziş punkti oçildi, özaro aviaqatnovlar ham tiklandi. Sadir Japarov va Imomali Rahmon 31 mart kuni Tojikistonning Xöjand şahrida ham uçraşadi, u yerda Şavkat Mirziyoyev ham böladi. Bunday uç tomonlama formatdagi ilk uçraşuvda prezidentlar Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston davlat çegaralari tutaşgan nuqtasi töğrisidagi şartnomani imzolaşi kutilmoqda.
Prezident topşiriğidan keyin, köplab amaldorlar xizmat avtomobillarini almaştira boşladi. Ötgan haftadagi selektorda davlat rahbarimansabdorlarning xizmat maşinasida yurişini keskin qisqartirib, milliy avtomobil va milliy mebelga ötiş kerakligini aytgan edi. Şunga asosan, amaldorlar Mercedes-Benz'lardan voz keçib, “Özavtosanoat” korxonalari sotadigan avtomobillarga: Chevrolet Malibu va BYD'larga ötmoqda. Şu bilan birga, narxi milliard sömdan oşadigan Tahoe'ni tanlayotganlar ham oz bölsa-da yöq emas.
Şaxsi sir qolayotgan özbekistonlik Koreya poytaxti Seuldan 5 mln dollarga kvartira sotib oldi. Mahalliy naşrlarning yozişiça, qimmatbaho kvartira şahardagi elit turar-joy majmuasida joylaşgan bölib, maydoni 244 kvadrat metrga teng. Xaridor – 41 yoşli Özbekiston fuqarosi bölib, uning manzili sifatida Toşkentdagi Koreya–Özbekiston an’anaviy tibbiyot klinikasi körsatilgan. 5,1 mln dollarlik oldi-sotdi bitimi 2024 yil oxirida tuzilgan, tölov naqd pulda amalga oşirilgan.
“Taşabbusli budjet” loyihasida ovoz beriş bosqiçi boşlandi. Özbekistonliklar20 martgaça “Oçiq budjet” portalida ovozga qöyilgan loyihalardan birini tanlab, ovoz berişi mumkin. Respublika böylab taşabbuskorlar öz loyihalariga ovoz yiğiş uçun qizğin tarğibot kampaniyasini olib boryapti. Bu jarayonda, afsuski, budjet xodimlarini majburlaş holatlari ham köp uçramoqda. Şunday holatlardan birida, öqituvçilar oyligidan 700 ming sömdan uşlab qolmoqçi bölgan Quva tumanidagi maktab direktori işdan olindi.
Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova