Piskentda yuk mashinasi va Isuzu to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
“Toshkent-Bekobod“ avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Isuzu bilan to‘qnashgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent viloyatining Piskent tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH bugun, 17 mart kuni soat 6:30 larda Piskent tumani hududida sodir bo‘lgan. “Toshkent-Bekobod“ avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. So‘ngra Isuzu avtomobili bilan to‘qnashgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi transport boshqaruvi paytida uxlab qolgan.
YTH oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati SSB malakali tibbiy xodimlari, viloyat IIBB, FVB va boshqa tashkilot mas’ullari jalb etilib, YTHning barcha ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ular shifoxonaga yetkazilgan.
YTH yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilayotgani bildirildi.
Oldinroq Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketgandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
-
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Fan-texnika | 23:35 / 20.05.2025
Mavzuga oid

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025