Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer britaniyalik harbiylarni tinçlikparvar kuç sifatida uzoq yilga Ukrainaga joylaştirişga tayyor. Bu haqda The Times hukumatdagi yuqori martabali manbalariga tayanib xabar berdi.

«Bu uzoq muddatli majburiyat bölib, yillarga çözilişi mumkin. Tinçlik kelişuvini saqlab qoliş va Rossiyani tiyib turiş uçun qança vaqt kerak bölsa, uşbu muddat şunça davom etadi», — deya ta’kidlagan naşr manbasi.

The Times ma’lumotlariga köra, bir qança davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Kanada va Avstraliya Ukrainaga 30 minggaça harbiy yuborişni muhokama qilmoqda. Boşqa davlatlar qurol-yaroğ va moddiy-texnik ta’minot bilan yordam berişga tayyor.

The Times’ning boşqa bir maqolasida qayd etilişiça, Starmer 15 mart kuni «köngillilar koalitsiyasi» bilan onlayn uçraşuvda Ukrainaga 10 mingdan ortiq tinçlikparvar kuçlarini joylaştiriş rejasi haqida gapirgan.

Bloomberğning yozişiça, Turkiya ham Ukrainaga tinçlikparvar kuç sifatida öz harbiylarini yuborişga tayyor. Şu bilan birga, agentlikning ta’kidlaşiça, Turkiya tinçlikparvar kuçlarni şakllantirişga oid barça maslahatlaşuv va tayyorgarlik işlariga jalb etilmasa, mamlakat uşbu missiyada iştirok etmaydi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 15 mart kuni Kiyev xavfsizlik kafolati uçun öz hududiga tinçlikparvar qöşinlar joylaştirişni sörasa, Rossiya uşbu masala böyiça ovoz berişga haqli emasligini ma’lum qilgandi.

Öz navbatida Moskva bir neça bor Ukrainaga tinçlikparvar kuçlar joylaştirilişiga qarşi çiqqan. RF taşqi işlar vaziri örinbosari Aleksandr Gruşko 17 mart kuni e’lon qilingan intervyusida tinçlikparvar kuçlarni joylaştiriş haqidagi gap-sözlar «nomaqbul va bema’ni» ekanini bildirgan.