Buyuk Britaniya qamoqxonalarida bo‘sh joylar kam qolgani ma’lum qilindi
Hozirda mamlakat qamoqxonalarida atigi 800 ta bo‘sh joy qolgan. Rasmiylar bu qisqa fursatda to‘lishini aytmoqda.

Foto: AP
Buyuk Britaniya qamoqxonalarida atigi 800 ta joy qolgani bois yaqin haftalarda mahbuslar jazoni vaqtincha saqlash izolyatorlarida o‘tashga majbur bo‘ladi. Jazoni ijro etish xizmati va Milliy politsiya boshliqlari kengashi o‘rtasida bu borada kelishuvga erishilgan, deb xabar bermoqda Sky News.
Hozirda Britaniya qamoqxonalarida 87 ming 556 nafar mahbus saqlanmoqda. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bo‘sh turgan joylar tezda to‘ladi, shu bois bir necha haftaga bo‘lsa ham vaqtincha saqlash izolyatorlari kabi tegishli tartibda jihozlangan muassasalar talab etiladi.
«Himoya» operatsiyasi nomli kelishuv idoralar o‘rtasida 2006 yilda qamoqxonalarning to‘lib ketish muammosini favqulodda hal etish maqsadida imzolangan. Oxirgi marta undan 2024 yil may oyida foydalanilgan edi. O‘tgan yilning sentabrida Britaniya hukumati zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lmagan va jazo muddatining 40 foizini o‘tab bo‘lgan mahbuslar sonini keskin qisqartirishni boshlagan. Ammo ushbu chora kutilganidek natija bermadi.
Hukumat 2031 yilga qadar 14 ming mahbus uchun yangi qamoqxonalar qurishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil avgust oyida Britaniya o‘z mahbuslari uchun Estoniya qamoqxonalarini ijaraga olishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Buyuk Britaniyada sudyalarga kichik jinoyatlarda ayblanganlarni qamoq jazosiga mahkum qilmaslik tavsiya berilgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
Jahon | 17:37
-
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
Fan-texnika | 17:14
-
Misr Qoraqalpog‘istonda ekologik loyihalarga investitsiya kiritadi
O‘zbekiston | 17:05
-
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

16:33
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi

12:23 / 16.05.2025
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi

18:28 / 15.05.2025