Abu-Saxiy bozorida yong‘in chiqqani rad qilindi
Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidagi ochiq maydonda qurilish chiqindilari yongan. Yong‘in qisqa fursatda o‘chirilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat eski ekanini bildirib, Abu-Saxiy bozorida yong‘in chiqqanini rad etdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Abu-Saxiy bozorida yong‘in chiqqani haqidagi xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga oydinlik kiritdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 19 mart kuni soat 10:00 da Zangiota tumani, Nurafshon mahallasi hududida joylashgan ochiq maydonda qurilish chiqindilari yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 10:17 da o‘rab olingan va soat 10:28 da o‘chirilgan.
Hodisa joyiga Toshkent viloyati FVB va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘qligi bildirildi. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Shuningdek, vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Abu-Saxiy bozorida yong‘in chiqqani haqidagi xabarlarda bir necha yil oldin sodir bo‘lgan yong‘in tasvirlangan videodan foydalanilganini ma’lum qildi.
Vazirlik fuqarolar va blogerlardan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatmaslikni so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
Mavzuga oid

18:22 / 08.05.2025
Samarqanddagi «zapravka»da portlash va yong‘in ro‘y berdi. Qurbonlar bor

14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi

10:17 / 06.05.2025
Navoiyda savdo majmuasida yong‘in chiqdi

08:13 / 06.05.2025