Misrda ilgari noma’lum bölgan fir’avnning qabri topildi. U 3600 yil oldin, mintaqada siyosiy beqarorlik hukm surgan davrda hukmronlik qilgan, deb yozadi Independent.

Daxma 7 metr çuqurlikda, Qadimgi Misr şaharlaridan biri — Abidosdagi Anubis toği qabristonida joylaşgan. Uşbu hudud taxminan miloddan avvalgi 1700 yildan 1600 yilga qadar Yuqori Misrni boşqargan Abidoslar sulolasi davriga tegişli.

Dafn qiliş joyiga olib boruvçi xona devorlariga Isida va Neftida ma’budalarining tasvirlari tuşirilgan. Şuningdek, qaçonlardir hukmdorning ismi yozilgan çiziqlar saqlanib qolgan. Qabrdan topilgan bezaklar va matnlar taxminan miloddan avvalgi 1650–1550 yillarda yaşagan fir’avn Senebkay maqbarasidagi san’at asarlarini eslatadi.

Foto: Facebook / Tourismandantiq 

Topilgan maqbara Abidos sulolasi davriga oid boşqa qabrlardan ança kattaroq bölib çiqqan (taqqoslaş uçun aniq ölçamlar keltirilmagan). Taxminlarga köra, noma’lum fir’avn Senebkay hokimiyat tepasiga kelişidan avval hukmronlik qilgan.

Mazkur qabr fevral oyida e’lon qilingan maşhur topilmadan köp ötmay aniqlanmoqda: şotlandiyalik arxeolog Pirs Literland Tutmos II ning ikkita qabrini topganini ma’lum qilgandi.