Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Jidda shahridagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Sirojiddin Shamsutdinov yangi lavozimda ish boshladi.

Foto: dunyo.info
O‘zbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda bo‘limi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashildi.
Ahmad Muhammad Qutb O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan yaqin do‘stona va ishonchli munosabatlar tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilganini, barcha sohalarda yaqin sheriklik faollashib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shu yil 7 mart kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan IHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning ishtiroki yuqori baholandi.
Saudiya tomoni yangi tayinlangan bosh konsulga ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va konsullik-huquqiy sohalarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi faoliyatiga har tomonlama amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Sirojiddin Shamsutdinov shu kunga qadar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan. Diplomat 2017-2021 yillarda ham O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli vazifasida faoliyat olib borgan. U Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tamomlagan. Arab va ingliz tillarida mukammal so‘zlashadi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qibrayda yashash uyi va qurilish mollari do‘koni yonib ketdi
Jamiyat | 12:23
-
Bloomberg: YeI sanksiyalari Hindistondagi "Rosneft" zavodiga zarba berdi
Jahon | 12:19
-
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV
Jahon | 12:04
-
Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 12:01
Mavzuga oid

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025