Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Sergeli tumanida yangi qurilayotgan binoda sodir bölgan yonğin töğrisida ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 23 mart kuni soat 09:18 da Sergeli tumani Xonabod köçasida joylaşgan, yangi qurilayotgan bino fasad qismida yonğin sodir bölayotgani töğrisida poytaxt FVBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, yonğin-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 09:24 da yetib borib, yonğin soat 09:39 da qurşab olingan va soat 09:42 da öçirilgan.
«Yonğin oqibatida halok bölgan va jabrlanganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, fevral boşlarida Yakkasaroy tumani Kiçik halqa yöli köçasida joylaşgan yangi qurilayotgan bino yertölasida yonğin sodir bölgandi.

















