Ular nihoyat erkin, ammo ulkan tölov tölaşdi - Asad ağdarilgandan söng Suriya qanday hayot keçirmoqda?
|01:23 / 24.03.202517 05517 min
2024 yil dekabrida Suriyada Asadlar rejimining ellik yillik hukmronligi yakun topdi. Köplab suriyaliklar erkinlikdan bahramand bölişda davom etmoqda, biroq mamlakat barqarorlikka erişdi, deb bölmaydi. Suriya hanuz çuqur inqiroz içida, mamlakatni harbiy töqnaşuvlar larzaga solmoqda.
«Meduza» şarqşunos Ruslan Sulaymonovning Daraa, Halab va Damaşq kabi yirik şaharlardan tayyorlagan reportajini e’lon qildi.
Daraa — inqilob tongi
2011 yil 6 mart kuni ertalab Suriya janubida joylaşgan kiçik Daraa şahrida bir neça ösmir maktab içki hovlisi devorida şunday graffiti çizadi: «Sening navbating keldi, doktor!»
Ular bu sözlar bilan mamlakat prezidenti, muttaxassisligi böyiça oftalmolog Başar Asadga murojaat qilgan edi. Öşa paytga kelib butun arab olamida alanga yonib turgan edi — Misrda köp yillik hukmdor Husniy Muborak va Tunisda Zaynulobiddin ibn Ali ağdarilgandi.
Daraa / Ruslan Suleymanov
Politsiya deyarli darhol öquvçilarni hibsga oladi va keyingi bir neça kun davomida qiynoqlarga solişadi. Ular elektroşoker bilan töqnaşdi, tirnoqlari ostiga ninalar sançildi. Ehtimol, hukumat ehtimoliy inqilobdan qörqib, ösmirlarni namoyişkorona tarzda jazolaşni maqsad qilgan edi.
Biroq natija aksinça böldi. Qiynoqlar töğrisidagi xabarlar butun Daraani larzaga soldi. Şahar aholisi uyuşgan holda politsiya bölimi oldida töplanib, bolalarni ozod qilişni talab qila boşladi. Hokimiyat noroziliklarni şafqatsizlik bilan bostirdi. Lekin bu mahalliy aholini töxtata olmadi. Namoyişlar endi faqat Daraada emas, balki butun Suriya böylab avj oldi.
Şunday qilib, ötmişda barqaror bölgan va butun arab olami uçun namuna bölib kelgan mamlakatda köp yillik fuqarolik uruşi boşlandi. Bu uruş qariyb 14 yilga çözildi, 400 mingdan ziyod inson hayotiga zomin böldi, mamlakatdagi 20 mln kişining yarmidan köpi qoçqinga aylandi va 2024 yil dekabrida — Asadlar rejimi ağdarilişi bilan yakunlandi. Uşbu rejim Suriyada yarim asrdan ziyod hukmronlik qilgan edi.
«Men baxtlimanmi? Yöq, mutlaqo yöq. Mamlakatim vayronaga aylandi. Öşa paytda heç narsa yozmaganimiz yaxşi edi», — deydi Abdurahmon, öşa 2011 yildagi graffitini yozgan ösmirlardan biri. Hozirda Abdurahmon kamtarona hayot keçirmoqda: qayerda pul topsa, öşa yerda işlaydi — ba’zan mahalliy qurilişda, ba’zan esa öşa maktabda posbon bölib.
Mavzuga oid
2011 yilda fuqarolik uruşi boşlanişiga sabab bölgan graffitini çizgan ösmirlardan biri Abdurahmon
14 yil içida maktab hovlisi devorlari bir neça marta qayta böyalgan. Ulardan birida yaqinda paydo bölgan yangi yozuv bor: «Doktor qoçdi». «Ha, biz nihoyat erkinlikka erişdik. Lekin biz buning uçun juda katta haq töladik», — deb tan oladi Abdurahmon.
«Doktor qoçdi» yozuvi çizilgan devor
Bugungi kunda Daraa — vayronadan boşqa narsa emas, şahar markazi — fuqarolik uruşi davrida eng kam jabrlangan hudud — buning istisnosidir. Köplab vayronalar orasida hali ham odamlar yaşaydigan nisbatan soğ binolar bor. Buni xarobalar orasida öynayotgan bolalar, şuningdek, yangi yuvilgan kiyimlar ilingan kir dorlardan bilib oliş mumkin.
Şahardagi yagona yangilik — qabristonlar. Bu yerlarga Asad rejimiga qarşi kuraşda halok bölgan mahalliy aholi dafn etilgan. Har bir maqbara toşida «şahid» sözi yozilgan. Markaziy hokimiyat bir neça bor bu toşlarni buzdirgan, şu bois ularning köp qismi yorilib ketgan yoki ikkita bölakka bölingan.
Daraadagi qabriston
Asad ağdarilgandan söng mamlakatda hokimiyat «Hay’at Tahrir aş-Şom» guruhi qöliga ötdi. Biroq Daraada tartibni Janubiy operativ ştab (SOR) nazorat qiladi.
2024 yil noyabr oyi oxirida Hş jangarilari Suriya şimolida tezkor hujum boşlaganida, ularga janubdan aynan SOR kömak bergan. «2024 yil 8 dekabr tongida biz birinçi bölib Damaşqqa kirdik. Hş ittifoqçilari bizdan keyin keldi», — deb eslaydi hozirda Daraada tartibni saqlayotgan «janubliklar» qurolli guruhlaridan biri vakili Abu Imod.
Uning sözlariga köra, aynan SOR tarkibidagi kuçlar ağdarilgan Suriya hukumatidagi boş vazir Muhammad Ğoziy al-Jaloliyni himoyaga olgan. U hokimiyatni ixtiyoriy ravişda isyonçilarga topşirişga rozi bölgandi.
Idlib — muqobil Suriya
Suriya diktatori Moskvaga qoçganidan ikki kun ötiboq, Hş Muhammad al-Başir rahbarligida vaqtinçalik hukumat tuzilganini e’lon qildi. Aslida bu Damaşqqa Hş nazorati ostidagi Suriya şimolida joylaşgan kiçik Idlib viloyatida sönggi yillarda amal qilgan «Suriyani qutqariş hukumati»ni köçiriş edi.
Bu yerda taxminan 10 yil davomida IŞID terrorçi guruhining Suriya bölimi tarkibidan çiqqan kişilar öziga xos «muqobil Suriya»ni barpo etgandi: korrupsiyadan xoli va ba’zi jihatlar böyiça yuqori hayot darajasiga ega jamiyat.
Masalan, Idlibda Turkiya elektr tarmoqlariga ulanişi tufayli elektr 24 soat uzluksiz berilardi. Bu Asad nazoratidagi boşqa hududlardagidan keskin farq qilardi: u yerlarda elektr kuniga 3–5 soatgina berilgan. Bundan taşqari, mobil aloqa ham yaxşi yölga qöyilgandi. Çunki mahalliy ma’muriyat Lyuksemburgning +352 telefon kodi orqali öz mobil tarmoğini yaratgan.
«Turkiya — xalqaro maydonda, jumladan, çirigan BMT Xavfsizlik kengaşida ham bizga doimo yordam bergan yagona davlat. Bu Kengaş allaqaçon „Yöq qiliş kengaşi“ga aylandi. Boşqa xalqaro taşkilotlar — BMTmi yoki Xalqaro sudmi — ular işlamaydi. Biz adolatni özimiz tiklayapmiz. Biroq faqat qurol bilan», — deydi Idlibni Halab bilan boğlovçi şosse ustidan nazorat olib boruvçi Hş jangarilaridan biri.
Darhaqiqat, Turkiya heç qaçon suriyalik isyonçilarga bölgan hamdardligini yaşirmagan, ularni qöllab-quvvatlab kelgan. Şunçalikki, bugungi kunda Idlib va qöşni Halabda turk liralari bilan erkin hisob-kitob qiliş mumkin. Suriya funtlari esa har joyda ham qabul qilinmaydi.
Bundan taşqari, Idlibda sönggi yillarda şariat qonunlari amal qilardi. Asadning dunyoviy, ammo korrupsiyaga botgan adliyasiga nisbatan köplab suriyaliklar buni adolatli muqobillik deb bilişardi. Endi şunday tizimni Suriyaning qolgan hududlarida ham joriy etişmoqçi.
Şu bilan birga, Hş vakillari islomning özlariça qattiq talqiniga amal qilgan bölsalar-da, Idlibdagi fuqarolik ma’muriyati boşqa din vakillarini namoyişkorona himoya qilar edi. Masalan, nasroniylar öz çerkovlarida erkin ibodat qilar edi. Ammo bu ularga qarşi ayrim holatlar, jumladan, faqat dini uçun uyidan köçirib yuborişlar bölmagan, degani emas.
Halab — jasadlar ustidagi jannat
Suriyadagi fuqarolik uruşining eng oğir va uzoq davom etgan janglari aynan Halabda keçgan. Şu sababli şaharga «Suriya Stalingradi» degan nom berilgan. Asad qöşinlari Rossiya, Eron va Livandagi «Hizbulloh» jangarilari yordamida Suriyaning sobiq iqtisodiy poytaxtini tört yil davomida muxolifat kuçlaridan tozalaş uçun şturm qilgan va 2016 yil dekabrida töliq egallagandi. Bu voqea Suriya uruşidagi buriliş nuqtasi sifatida körilgan va şundan söng Asad özini daxlsiz deb hisoblay boşlagan.
2024 yil oxirida esa Halab fuqarolik uruşida navbatdagi muhim çorrahaga aylandi. Hş uni uç kun içida öz nazoratiga oldi va darhol elektr hamda barqaror internet ta’minotini yölga qöydi. «Biz jannatda yuribmiz. Ozodlikning mast qiluvçi ta’mini birinçi bölib biz totdik», — deb faxr bilan sözlaydi 19 yoşli Mustafo. U şahar şarqidagi ulkan universitet şaharçasida joylaşgan eski yotoqxonada isitiş tizimisiz kiçik xonada yaşaydi.
Halab qal’asi
Şahar aholisining şodligi aks etgan kadrlar hamda elektr ta’minoti tiklangani haqidagi lavhalar butun mamlakatga tezlik bilan tarqaldi. Şu bois, Asad nazoratidagi şaharlarda Hşni bosqinçi emas, ozod qiluvçi sifatida kutayotganlar kam emas edi. «Butun Suriya bizga havas qildi va biz bilan birga bölişni xohladi», — deydi Mustafo.
Halabda turk liralari
Hozirgi Halab — yarim vayronaga aylangan şahar. Köplab xarobalar orasida, mahalliy aholi ta’rifiça, hanuz kömilmagan jasadlar bölişi mumkin. «Bu Rossiyaning işi. U Asad rejimining qulaşini faqat keçiktirib berdi, xolos. Bu baribir sodir bölardi», — deydi şahar markazidagi qandolatçilik dökoniga egalik qiladigan qariya Feysal.
Uning fikriça, Rossiya ham, Eron ham Suriyani tiklaşda iştirok etişi şart. «Faqat tarixiy yodgorliklarni emas, uylarimizni, köçalarimizni ham tiklaşda rossiyaliklar iştirok etişi kerak», — deb ta’kidlaydi u.
Köplab janglar vaqtida XII asrda qurilgan, YuNeSKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan Halab qal’asi ham jiddiy zarar körgan. 4 dekabr kuni Hş yetakçisi Abu Muhammad al-Jölaniy qal’aning çiqiş qismidagi zinapoyalardan quvonçli omma qurşovida yurib ötgan lavhalar butun Suriyada, jumladan, Damaşq aholisida ham katta taassurot qoldirgandi. Köpçilik aynan şu paytda Asadning kunlari sanoqli qolganini anglab yetgan.
Halab
Bugun qal’a oldidagi maydonda musiqa yangraydi, qöşni viloyatlardan kelgan suriyaliklar qal’a va öq izlari teşiklari fonda suratga tuşişadi, daydi bolalar sadaqa söraşadi. Bir paytning özida bir neça Hş jangarisi tartibga rioya etilişini nazorat qiladi.
Halab qal’asi yaqinidagi maydon
Damaşq — qatağonlar va inqiroz
Suriya poytaxti köçalari devorlarida «Boşingni tik tut! Endi sen erkinsan, suriyalik!» degan yozuvlar va plakatlar ilingan. Yonidagi devorda esa şunday sözlar bitilgan: «2024 yil 8 dekabr, soat 06:18 — Suriya öz erkinligiga erişdi».
Ötgan yil dekabrida Asadlar rejimining tezkor qulaşi suriyaliklar tomonidan aynan ozodlik sifatida qabul qilindi. «Diktatura şaroitida saylovlar mutlaqo ma’nosiz. Asadga berilgan millionlab ovozlar — soxta edi», — deydi Damaşqning markaziy «Al-Hamidiya» bozorida antikvariat savdosi bilan şuğullanuvçi 42 yoşli tadbirkor Solih.
«Uni faqat elita — qasrlar, qimmat maşina va valuta omborlariga yopişib olganlargina qöllab-quvvatlardi, — deya qöşimça qiladi suriyalik, mamlakatning kelajagi hozirça juda mavhum ekanini ham ta’kidlar ekan. — Biz hozir muallaq turgan holatda yaşayapmiz», — deydi u.
2024 yil 8 dekabrida Damaşqda hokimiyatni qölga kiritganidan söng Hş yetakçisi al-Jölaniy 1 martgaça mamlakatda barça etnik va diniy ozçiliklar iştirokida inklyuziv hukumat tuzilişini va’da qilgandi. Ammo hanuz bu amalga oşgani yöq. Ayni paytda poytaxtda faqat Idlibdan köçirib kelingan hukumat faoliyat olib bormoqda.
Damaşq
Şuningdek, al-Jölaniy özining katta akasi Mohirni — u avval Rossiyada işlagan — soğliqni saqlaş vaziri etib tayinladi. Mohirning bojasi Marvon esa Damaşqning yangi gubernatori böldi. Bu tayinlovlar Başar Asadning oilaviy boşqaruv usullarini eslatadi.
2025 yil 24–25 fevral kunlari Damaşqda Milliy muloqot konferensiyasi bölib ötdi. Uning yakunlari böyiça Suriyaning yangi konstitutsiyasini işlab çiqiş böyiça qömita taşkil etildi. Unga yetti kişi kiritildi, şundan beş nafari Hş bilan bevosita boğliq. Hukumat tarkibida bölganidek, uşbu qömitada ham suriyalik ozçiliklar — alaviylar, druzlar yoki nasroniylardan biror vakilga ham örin berilmadi.
Aniqki, yillar davomida Suriyada hokimiyat uçun kuraş olib borgan Hş uni boşqalar bilan bölişişga oşiqmayapti. Biroq baribir şunday qilişga töğri keladi — çunki Suriya rasmiylariga nisbatan 1970-yillar oxiridan beri joriy qilib kelinayotgan köplab sanksiyalarni bekor qiliş uçun aynan şunday oçiqlik talab etiladi. Yevropa Ittifoqi allaqaçon sanksiyalar bosqiçma-bosqiç bekor bölişini ma’lum qildi va bu jarayon mamlakatda amalga oşiriladigan islohotlar bilan boğliq böladi.
Aynan şu masala mamlakatdagi yangi rejimning tirik qolişiga jiddiy ta’sir körsatadi. Ayni paytda Suriya aholisining taxminan 90 foizi qaşşoqlik çegarasidan pastda hayot keçirmoqda va Asadning ağdarilişi ortidan kelgan eyforiyadan asta-sekin huşiga kelmoqda.
Eng asosiy muammolardan biri — bu pul, aniqroği, uning qölda mavjudligi. Ilgari mamlakatda dollarda amalga oşirilgan har qanday operatsiya ta’qibga olingan bölsa, bugun «kökat»lar oçiqdan oçiq muomalada. Hozirgi kunda dollarning suriya funtiga nisbatan kursining 1:10 000 bölişi (uruşgaça kurs 1:50 edi) barça suriyaliklarni pulni qölda hisoblaşga moslaştirgan. Katta dökonlar va supermarketlarda esa pul hisoblaş qurilmalari örnatilgan — bu kassirlarga qulaylik yaratiş uçun.
Biroq Asad davrida milliy valuta Rossiyada çop etilar va u yerdan Suriyaga yetkazilar edi. Endilikda bu qanday amalga oşirilişi — noma’lum. Agar muammo yeçimini topmasa, yaqin haftalarda Suriya Arab Respublikasi naqd pul yetişmovçiligiga duç kelişi mumkin. Şunday bölsa-da, sönggi uç oyda milliy valuta kursi biroz mustahkamlangani kuzatildi.
Yangi hokimiyat uçun yana bir jiddiy sinov — bu yoqilği inqirozidir. Asad davrida Erondan Iroq orqali Suriyaga kuniga 70 ming barrel neft keltirilar edi. Bugun esa bunday imkoniyat mavjud emas: Suriya–Iroq çegarasi yopilgan.
Hozirgi kunda avtotransport egalari AYoQŞlarda emas, balki xususiy sotuvçilardan sifati past bölgan aralaş benzin xarid qilmoqda. Bu esa maşinalar tezda buzilişiga olib kelmoqda. Agar bu holat davom etsa, köplab suriyaliklar Damaşqga olib boruvçi va u yerdan çiquvçi asosiy yöllarni tösib qöyiş bilan tahdid qilmoqda.
«Tarixdagi eng erkin davr» — hozirça
Aş-Şar’a yangi suriyalik hokimlar xalqaro jamiyat talablarini bajarişdan boş tortgan va Ğarb banklaridagi aktivlarni muzlatişni bekor qiliş uçun heç qanday harakat qilmayotgan «Tolibon» yölidan bormasligini va’da qilmoqda. Aksinça, suriyaliklar xalqaro hamjamiyat bilan muloqot qiliş niyatida ekanini bildirişmoqda, bu orada Afğonistonda ayollarga nisbatan yangi taqiqlar joriy etilmoqda.
Biroq oxirgi oylarda Suriyaning ğarbidagi alaviylar jamoasi va Hş jangarilari örtasida töqnaşuvlar sodir böldi. Tinç aholi orasida ham qurbonlar bor. Oddiy aholi vakillariga ta’sir qilgan bunday töqnaşuvlar, odatda, Asad armiyasida xizmat qilgan general va ofitserlar yaşiringan alaviy qişloqlariga Hş tomonidan uyuştirilgan reydlar natijasida yuzaga kelgan. Londonda joylaşgan Suriya inson huquqlari kuzatuv markazi ma’lumotiga köra, bunday reydlar vaqtida kamida tinç fuqarolardan 973 nafari halok bölgan.
Şu bilan birga, Suriyaning Damaşq va boşqa yirik şaharlarida odamlar ozodlikni his qilişmoqda — bu haqda deyarli har kim gapirmoqda. Mahalliy aholi mamlakatdagi siyosiy özgarişlarni faol muhokama qilmoqda, jumladan, yangi rahbarlarni ham tanqid qilmoqda.
«Ha, u kamuflyajdan pidjak va galstukka ötdi. Lekin biz juda yaxşi eslaymiz: u öz faoliyatini butun Suriya böylab portlaşlar va terrorçilik hujumlarini uyuştirişdan boşlagandi», — deydi Dramatik san’at instituti talabasi 21 yoşli Rima Aş-Şar’a haqida.
Suriyada an’anaviy tarzda katta ahamiyatga ega bölgan madaniyat xodimlari kasaba uyuşmalarida jiddiy xavotirlar hukm suryapti. Köpçilik hokimiyat tepasiga kelgan islomçilar mamlakatda kino va musiqani mutlaqo taqiqlab, kasaba uyuşmalarini ham yopişidan çöçimoqda.
Bu xavotirlar asossiz emas. Masalan, Ramazon oyi munosabati bilan mart oyida butun mamlakat böylab kunduzgi paytda kafe va restoranlar faoliyati, jamoat joylarida sigareta çekiş taqiqlangan.
«Siz bizning yurtga tarixdagi eng erkin davrida keldingiz, — deydi Rima. — Lekin biz qattiqqölliksiz yaşay olmaymiz. Bu erkinlik sarxuşligi tez orada tugaydi, şunda siz yana Suriyani tanimay qolasiz».