Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Ukrainada tinçlik kelişuvini qöllab-quvvatlaş uçun tinçlikparvar kuçlarni yuboriş rejalari bilan «şoşilmoqda», deydi The Telegraph’ning yuqori martabali harbiy manbalari.
Naşr suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, Starmerning Ukraina xavfsizligini kafolatlaşga tayyor davlatlar örin oladigan koalitsiyani tuziş taklifi — «siyosiy teatrdir».
«Starmer quruqlikdagi qöşinlar haqida gapirib, şoşilmoqda va u nima haqida gapirayotganini tuşunmayapti. Şu sababli, hozir biz bu mavzuda kamroq, samolyot va kemalar haqida esa köproq eşityapmiz. Çunki buni amalga oşiriş osonroq va Ukrainada harbiy bazalar talab etilmaydi», — deydi manba.
Naşr suhbatdoşlaridan birining ta’kidlaşiça, na Rossiya va na AQŞ uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlamaydi, koalitsiya tuziş töğrisidagi muzokaralar esa «missiyaning maqsadi nimadan iborat ekanini heç kim bilmagani» bois qiyinçilik tuğdirmoqda.
«Nima uçun 10 ming kişilik xalqaro kuçlar mamlakat ğarbida, front çiziğidan 400 kilometr uzoqlikda joylaşişi kerak? U [koalitsiya] hatto özini ham himoya qila olmaydi. Uning vazifasi nimadan iborat? Uning legitimligi qanday? Harbiy harakatlar qoidalari qanday belgilangan? U qanday boşqariladi, ta’minlanadi va joylaştiriladi? Kaolitsiya u yerda qança vaqt qoladi va nima uçun? Heç kim buni bilmaydi», — deya Britaniya armiyasi vakilining sözlarini keltiradi naşr.
Fevral oyida Kir Starmer Buyuk Britaniya Ukraina xavfsizligi kafolatini ta’minlaş uçun tinçlikparvar kuçlar yuborişga tayyorligini ma’lum qilgandi. Şuningdek, Fransiya hukumati ham tinçlikparvar kuçlarni yuboriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Köp ötmay The Times öz manbalariga tayanib, London Ukrainaga qöşin emas, Eurofihter Typhoon qiruvçilarini yuboriş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida yozdi.

















