Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika samolyoti uchuvchining pasporti yo‘qligi sababli AQShga qaytishga majbur bo‘ldi
Uchuvchining pasporti yo‘qligi tufayli Xitoyga parvoz qilgan samolyot AQShga qaytishga majbur bo‘ldi.
Foto: NurPhoto
Los-Anjyelesdan Xitoyga uchgan Amerika samolyoti uchuvchida pasport yo‘qligi sababli AQShga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
United Airlines aviakompaniyasining Los-Anjyelesdan uchgan samolyoti bortida 257 yo‘lovchi va 13 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Parvoz vaqtida uchuvchilardan biri pasportini o‘zi bilan olib ketmagani ma’lum bo‘ldi. Samolyot yangi ekipaj kutayotgan San-Fransisko aeroportiga qo‘ndi. Aviakompaniya yo‘lovchilarni ovqatlanish vaucherlari va kompensatsiyalar bilan ta’minladi.
Hodisa tufayli samolyot Shanhayga olti soat kechikib yetib keldi.
25 mart kuni United Airlines aviakompaniyasining styuardessalari parvoz vaqtida nogironligi bo‘lgan shaxsdan o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash apparatini olib tashlashni talab qilgandi.
23 mart kuni samolyotdagi o‘rnini yosh bolaga berishdan bosh tortgan braziliyalik ayol tazyiqlarga uchragani va ishdan bo‘shatilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:29 / 06.11.2025
AQShda UPS samolyoti halokati qurbonlari soni 12 nafarga yetdi
19:03 / 29.10.2025
NASA shovqinsiz va tovushdan tez uchuvchi samolyotining ilk sinov parvozini o‘tkazdi
07:42 / 14.10.2025
Osmondagi elektr inqilobi: aviatsiyani barqaror kelajak sari yetaklovchi 10 ta apparat
07:36 / 11.10.2025