“Özatom” direktori Azim Ahmadxöjayev Özbekistonda AES quriş böyiça nega Qozoğistondagi kabi referendum ötkazilmagani va Rossiya kompaniyasi töğridan töğri tanlangani haqidagi savolga javob berdi.

Agentlik rahbari 2018 yilda Özbekiston va Rossiya örtasida hukumatlararo bitim imzolanganini eslatib, keyinçalik atom elektr stansiyasining kam quvvatli variantini qurişga qaror qilinganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, kam quvvatli AES qurişga qaror qilinganidan keyin, Rossiya bilan örtada kelişuvlar allaqaçon borligi, tanlangan maydonda “tadqiqot qiliş böyiça birgalikda katta işlar” qilib, “katta mablağlar” sarflab bölingani uçun, “plan+”ga ötilgan.

“Agar endi boşqa texnologiyani qöllaydigan bölganimizda, hammasini qaytadan boşlaşga töğri kelardi”, – dedi Ahmadxöjayev.

“Yana bir muhim omil: hozirda Rossiya kiçik atom energetikasida referent stansiyaga ega yagona davlat. Qolganlarda sinov işlari davom etyapti. Uşbu reaktorlar atom kemalarda qöllangan. Ha, bunday reaktorlar quruqlikdagi atom elektr stansiyasida işlatilmagan bölsa ham, şunga moslaştirilgan. Özbekistondagi kiçik atom elektr stansiyasining asosini RITM-200H suv-suvli yadro reaktori taşkil etadi. Har qanday holatda ham bu texnologiya 60 yildan ortiq vaqtdan beri işlatib kelinyapti”, – dedi “Özatom” direktori.

Mazkur reaktorlardan ilgari yer ustida foydalanilmagani, Özbekiston sinov maydonçasi bölişi mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan, Ahmadxöjayev texnologiyaning suvostida va yer yuzida işlaşida heç qanday farq bölmasligini aytdi.

“Reaktor suvda yoki yerda bölişida nima farq bor? Uning elektr energiyasini işlab çiqariş jarayoni bir xil. Reaktor buni atom flotida ham, quruqlikda ham amalga oşiradi. Texnologiya allaqaçon yer ustida işlaşga moslaştirilgan. Bu yangi texnologiya emas, allaqaçon işlatilgan, şuning uçun uni referent deb ataşadi, – dedi u.

Azim Ahmadxöjayev AES quruvçi kompaniyaning tendersiz tanlangani haqidagi savolga javob berar ekan, Özbekiston Konstitutsiyasida bunday talab yöqligini ta’kidladi.

“Konstitutsiyamizda bunday talab yöq. Qöşimçasiga, prezident – aholining köpçiligi mamlakatni boşqarişni işonib topşirgan şaxs. U bunday qarorlar qabul qilişga haqli deb öylayman. Keyin bu birdaniga bölgani yöq, barça qarorlar çuqur tahlildan söng qabul qilinadi”, – dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi direktori.