Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toşkent viloyati Qibray tumanida yuzaga kelgan yonğin töğrisida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 24 mart kuni soat 18:26 da Qibray tumani «Dörmon» MFY Ma’rifat köçasida joylaşgan uylarda yonğin sodir bölayotgani töğrisida FVBga xabar tuşgan.

Şunga köra, yonğin-qutqaruvçilar soat 18:28 da hodisa joyiga yetib borib, yonğin 19:33 da örab olingan va u soat 20:10 da töliq bartaraf etilgan.

Voqea joyiga Toşkent viloyati va tuman FVB rahbariyati yetib borgan.

Yonğin natijasida bir biriga tutaş qurilgan uçta xonadonning taxminan 415 metr kvadrat maydonda tomi, şifti va uy-jihozlari yonib zararlangan. Yonğin oqibatida tan-jarohati olgan va halok bölganlar töğrisida xabar kelib tuşmagan.

«Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, yonğinni bartaraf etişga 9 ta yonğin-qutqaruv ekipaji va ikkita yordamçi suv taşişga möljallangan texnika jalb etilgan.

Eslatib ötamiz, 23 mart kuni Sergeli tumani Xonobod köçasida joylaşgan, yangi qurilayotgan bino fasad qismida yonğin sodir bölgandi.