Dam oliş kunlari Janubiy Koreyaning janubi-şarqini örmon yonğinlari qamrab oldi. Yonğin qariyb 9 ming gektar maydonga tarqaldi va kamida tört kişi halok böldi. 162 ta bino, jumladan, ming yillik buddistlar ibodatxonasiga zarar yetdi.
Yonğinlar Seuldan 250 km janubda joylaşgan Sançeon okrugida boşlanib, tez orada mamlakat janubi-şarqiy qismiga tarqaldi. Tört nafar davlat xizmatçisi, jumladan, uç nafar öt öçiruvçi halok böldi. Yana töqqiz kişi jarohatlangan, ulardan beş nafarining ahvoli oğir. Ming yillik buddistlar ibodatxonasiga ham zarar yetgan.



Tabiiy ofat hududidan 3000 ga yaqin odam evakuatsiya qilindi, temiryöl harakati va ayrim avtoyöllarda harakat töxtatildi.
Duşanba kuni ertalab 29 ta yonğin öçoğidan 25 tasi öçirilgan. Yonğinning tez tarqalişiga quruq va şamolli ob-havo yordam beryapti. Sançeonda juma kuni sodir bölgan birinçi yonğinga maysa öruvçi moslamadan kelib çiqqan uçqun sabab bölgan. Iysong uyezdidagi yana bir yonğin qabristonda boşlangan.
Sançeon falokat zonasi deb e’lon qilindi va duşanba kuni hukumat zonaga janubi-şarqdagi yana uçta uyezdni qöşdi: Ulçu, Iysong va Xadong.




















