«Ular Erdöğanga „yetar“ deyişdi». Turkiyada Imomöğli qölga olinişi ortidan nimalar bölmoqda?
|01:30 / 25.03.202514 40210 min
Yakşanba kuni ham Turkiya böylab ön minglab kişilar mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning asosiy raqibi Akrom Imomöğli korrupsiya va terrorçilik guruhlariga yordam berişda ayblanib hibsga olingani tufayli norozilik namoyişlariga çiqdi. Bu namoyişlar Turkiyada sönggi ön yil içidagi eng keng kölamlisi bölmoqda. Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, beş kun davom etgan norozilik namoyişlari davomida mamlakat böylab mingdan ortiq kişi hibsga olingan.
Foto: EPAFoto: EPA
Imomöğlining hibsga olinişi 2028 yilda bölib ötadigan saylovlarda muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida körsatilişidan bir neça kun oldin amalga oşirildi, saylovda Imomöğli Erdöğanga jiddiy raqobat körsatişi mumkin edi.
Duşanba kuni Imomöğli baribir öz partiyasidan prezidentlikka nomzod etib tasdiqlandi.
Avvalroq u öziga qöyilgan ayblovlar siyosiy sabablarga köra ekanini aytgandi. «Men heç qaçon böysunmayman», – deb yozgan u hibsga olinişidan oldin X ijtimoiy tarmoğida.
Erdöğan namoyişlarni qoralab, Jumhuriyat xalq partiyasini «tinçlikni buziş va xalqni böliş»ga urinişda aybladi. Turkiya Içki işlar vazirligi namoyişçilar norozilik bildiriş huquqini «suiiste’mol qilayotgani»ni ma’lum qildi va «köçalardagi terror»ga toqat qilinmasligini bildirdi.
Foto: Getty Images
Dam oliş kunlari nimalar böldi?
Imomöğlining hibsga olinişiga javoban yakşanba kuni keçqurun mamlakat böylab keng kölamli norozilik namoyişlari bölib ötdi. Odamlar yakşanba kuni qoş qorayganda Istanbul meriyasi binosi oldida töplandi. Ular maxsus topşiriqli otryadlar saflari qarşisida Turkiya bayroqlarini hilpiratib, öz şiorlarini aytişardi.
Videokadrlarda politsiyaçilar namoyişçilarni suv purkagiçlar va közdan yoş oqizuvçi gaz bilan tarqatayotganini köriş mumkin.
Akrom Imomöğlining turmuş örtoği Dilek Kaya Imomöğli meriya binosi yaqinidagi köp sonli olomonga murojaat qilib, namoyişçilarga turmuş örtoği har kim jabr körişi mumkin bölgan «adolatsizlik» va «huquqsizlik»ka duç kelganini aytdi.
Imomöğlining hibsga olinişiga javoban boşlangan namoyişlar 2013 yilda Istanbulda mahalliy boğ buzilişi munosabati bilan boşlangan Gezi norozilik namoyişlaridan beri eng yirik namoyişlarga aylandi.
Foto: Getty Images
Fransiyaning AFP axborot agentligi ma’lumotlariga köra, mitinglar Turkiyaning 81 viloyatidan kamida 55 tasida bölib ötgan, bu mamlakat hududining uçdan ikki qismidan köproğini taşkil qiladi.
Mavzuga oid
«Hozir odamlar ommaviy ravişda çiqişmoqda, ba’zan hukumatga qarşi şiorlar bilan, ba’zan plakatlarda Istifa („iste’fo“) sözini, hatto „Erdöğan – Ket!“ turkumidagi sözlarni uçratiş mumkin», – dedi şarqşunos Ruslan Sulaymonov BBC rus xizmatiga.
«Asosiy şiorlar hukumat öz qarori notöğriligini tan olişi kerakligiga qaratilgan. Agar talabalarning norozilik namoyişlari haqida gapiradigan bölsak, u yerda Imomöğlining diplomini bekor qiliş qarori (siyosatçi tahsil olgan Istanbul universiteti Imomöğli qoidabuzarliklar tufayli ilmiy darajadan mahrum etilganini e’lon qilgandi) öz-özidan bekor qilinişi kerakligi haqida yozilgan plakatlar juda köp», – deya qöşimça qildi u.
EPA-EFE/REX/Shutterstock
Namoyişçilar turli yozuvlar tuşirilgan plakatlarni kötarib çiqişmoqda.
Ularda «Saroy sizniki bölsa, köçalar biznikidir!», «Iftorga qalampir gazi yedim, ona», «Ğururlanma podşohim, sendan buyuk Xalq bor», «Adolat öldi», «Haq berilmas, olinur, demokratiya köçada qozonilur», «Mustafo Kamol askarlarimiz», «Erkinlik va mustaqillik mening xarakterim», «Umr bir odam bilan ötadimi?», «Qörqma, xalq bizmiz», «Biz respublikaga şunday erişdik», «Huquq bir kun hammaga kerak böladi», «Diplomimni qaytarib ber», «Yuzimga niqob taqdim. Közlarimga himoya», «Zulmga qarşilik», «Gazni kamroq otinglar, soliq tölab yetiştirolmayapmiz», «Gaz otmasanglar böladimi? Tuş böyoğimiz oqib ketyapti» kabi sözlar yozilgan.
Imomöğlini nimada ayblaşmoqda?
Istanbul meri Akrom Imomöğli rasman yakşanba kuni «jinoiy taşkilot tuziş va uni boşqariş, pora oliş, tovlamaçilik, şaxsga doir ma’lumotlardan qonunga xilof ravişda foydalaniş va tender natijalarini soxtalaştiriş»da ayblanib hibsga olindi.
U sudgaça qamoqqa olingan. AFP va mahalliy OAV uni Silivri şahridagi qamoqxonaga olib ketişgani haqida xabar berdi.
Turkiya Içki işlar vazirligi esa Imomöğli vaqtinçalik çora sifatida lavozimidan çetlatilgani haqida bayonot berdi.
Sobiq mer uçun eng jiddiy ayblov – terrorçilar bilan aloqadorlik haqidagisi, deydi Ruslan Sulaymonov.
«Bu Turkiyada kurdlar masalasini hal qiliş jarayoni qayta boşlangani bilan boğliq. Hukumat muxolifatni, Jumhuriyat xalq partiyasini bu jarayondan imkon qadar uzoqlaştirmoqçi, uni marginallaştirmoqçi va bu partiya tinçlikni istamaydi, kurdlar bilan kelişişni istamaydi, kurdlar orasidagi terrorçi unsurlar bilan hamkorlik qiladi, deb ayblamoqçi», – deydi Sulaymonov.
«Xuddi şunday ayblov Imomöğliga ham qöyilgan. Bu yana şuning uçun ham jiddiyki, hukumat endi uning örniga hukmron partiya vakilini tayinlaşi mumkin», – deya qöşimça qiladi ekspert.
Imomöğli ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarida uning hibsga olinişi siyosiy sabablarga köra bölganini aytib, butun mamlakat böylab odamlarni norozilik namoyişlariga qöşilişga çaqirdi.
U özining hibsga olinişini «demokratiyamizdagi qora doğ» deb atadi va sud jarayoniga rioya qilinmaganini ta’kidladi.
Yakşanba kuni keçqurun Imomöğli advokatlari orqali namoyişçilarga salom yölladi.
«Meni juda xursand qilgan Silivri qamoqxonasidagi yangilik bilan bölişmoqçiman. JXPdagi ilk prezident saylovimizda rekord darajadagi iştirok qayd etildi. 15 million fuqaromiz ovoz berdi. Bu mamlakatda hukumat zulmidan, vayron bölgan iqtisoddan, layoqatsizlik va qonunsizlikdan aziyat çekkan ön millionlab kişilar saylov qutilari oldiga keldi. Ular Erdöğanga „yetar“ deyişdi», deb yozilgan uning X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
JXP yetakçisi Özgur Özel partiya praymerizida uning nomzodi uçun 14,85 milliondan ortiq odam ovoz berganini ma’lum qildi va prezident Rajab Toyyib Erdöğanni muddatidan oldin saylovlar ötkazişga çaqirdi. Partiya içida prezidentlikka nomzodni tanlaşda Imomöğliga heç kim raqiblik qilmagandi.
Partiyaga a’zo bölmaganlar uçun örnatilgan «birdamlik qutilari»da ham Imomöğliga millionlab odamlar ovoz berdi, deyiladi Jumhuriyat xalq partiyasi bayonotida. Foto: Getty Images
Qamoqqa olingan siyosatçi Erdöğanning eng jiddiy raqiblaridan biri hisoblanadi. Adliya vazirligi Turkiya prezidentini hibsga oliş bilan boğlayotganlarni tanqid qilib, sud mustaqilligini talab qilmoqda.
Yakşanba kuni X ijtimoiy tarmoğining hukumat bilan xalqaro aloqalar bölimi turklarning aloqa regulyatorining platformadagi 700 dan ortiq akkauntni, jumladan, turk siyosatçilari va jurnalistlarining akkauntlarini bloklaş böyiça «köplab sud buyruqlari»ga e’tiroz bildirganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanişiça, bu qadam «nafaqat noqonuniy, balki millionlab turk foydalanuvçilarining öz mamlakatida yangiliklar olişi va siyosiy munozaralar olib borişiga tösqinlik qiladi».
Boşqa hibslar haqida nimalar ma’lum?
Turkiya içki işlar vaziri Ali Yerliqoyaning ma’lum qilişiça, namoyişlar boşlanganidan buyon beş kun içida mamlakatda jami 1 133 kişi qölga olingan.
Duşanba kuni ertalab Istanbul va Izmirda ötkazilgan reydlar çoğida politsiya kamida 10 nafar jurnalistni qölga olgan.
Matbuot xodimlari kasaba uyuşmasi DISK «zöravonlik işlatgan barça politsiyaçilarga nisbatan zudlik bilan sud jarayonini boşlaş»ni talab qildi, deb xabar bermoqda BBC turk xizmati.
RTÜK radio va televideniye eşittirişlarini monitoring qiliş davlat agentligi prezidenti Abubakr Şahin «qonunni buzişda davom etayotgan tele va radiokanallar»ga sönggi ogohlantiriş berayotganini aytdi, şuningdek, «jamoatçilikni köçaga çiqişga çorlovçi» kanallarga nisbatan litsenziyani qaytarib olişgaça bölgan sanksiyalar joriy etilişini qöşimça qildi.
22 martga ötar keçasi Turkiyaning TELE 1 yangiliklar telekanali boş muharriri Merdan Yanardağ RTÜK’dan qönğiroq bölib, jonli efirni töxtatiş, şuningdek, yozma xabarnoma yuboriş söralganini aytdi.
Imomöğli prezidentlikka nomzodini qöya oladimi?
Duşanba kuni Imomöğli Turkiyada 2028 yilda bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasidan nomzod sifatida tasdiqlandi.
Biroq endi uning saylovlarda iştirok etişi söroq ostida qolmoqda. Ötgan haftada siyosatçi tahsil olgan Istanbul universiteti Imomöğli qonunbuzarliklar tufayli ilmiy darajadan mahrum etilganini e’lon qildi.
Turkiya konstitutsiyasiga köra, bu lavozimni egallaş uçun prezidentlar oliy ma’lumotga ega bölişi kerak.
Imomöğli Istanbul meri lavozimidan çetlatildi, deyiladi Turkiya IIV bayonotida.
Imomöğlining advokatlari uning diplomini qaytarib oliş töğrisidagi qaror ustidan Konstitutsiyaviy sud va Inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga şikoyat qilişini aytdi. Imomöğli prezidentlikka nomzod böla oladimi yoki yöqmi, buni Oliy saylov kengaşi hal qiladi.
Imomöğli va uning tarafdorlarining hibsga olinişi sönggi oylarda butun mamlakat böylab muxolif siyosatçilar, jurnalistlar va san’at sohasi vakillariga qarşi keng kölamli qatağonlar ortidan röy berdi.
Muxolifatçilar hibsga olişlar siyosiy sabablarga köra amalga oşirilganini da’vo qilmoqda, biroq adliya vazirligi hibsga olişlar ortida Erdöğan turibdi deb hisoblovçilarni tanqid qildi va sud tizimi mustaqil ekanini iddao qilmoqda.
Erdöğan 22 yildirki, rahbarlik lavozimlarini egallab kelmoqda, u ham boş vazir, ham prezident sifatida Turkiyani boşqargan. Agar konstitutsiyani özgartirmasa, muddat çeklovlari tufayli u 2028 yilgi saylovlarda öz nomzodini qöya olmaydi.