Belarusning sanksiyalarga uçragan «Belavia» davlat aviakompaniyasi öz parkini Airbus samolyotlari bilan töldirişning yölini topdi. Ayni vaqtda aviataşuvçi Gambiyaning Magic Air kompaniyasiga tegişli uçta havo kemasini sotib oliş böyiça şartnomani imzolaşga tayyorgalrik körmoqda, deb yozadi Reuters.
Gap qariyb 250 nafar yölovçini siğdira oladigan Airbus A330 modeli haqida ketmoqda. Uşbu samolyotlar hozir Minskda.
Flightradar24 va ikkita boşqa monitoring servisi ma’lumotlariga köra, samolyotlar 2024 yil 17 avgustda Belarusga olib kelingan. Magic Air Qohira, Istanbul va Maskatdan uçta samolyotni Belarusga yuborgani haqida Aviation Week naşri ham yozgan. Gambiya Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasining ma’lum qilişiça, Airbus A330 BAAdan bölgan xaridorga sotilgan, söng Minskka yetkazilgan va 2024 yil 19 avgustda Gambiya reyestridan çiqarilgan.
Şu bilan birga, naşr suhbatdoşlarining ma’lum qilişiça, samolyotlar «juda yomon texnik holatda» — hozirda ularni tartibga keltiriş işlari olib borilmoqda. Bundan taşqari, «Belavia» avval faqat Amerikaning Boeing samolyotlaridan foydalangani sababli, uçuvçilar qayta tayyorgarlikdan ötişga majbur bölgan. Şunga qaramay, manbalardan biri Airbus A330 samolyotlari şu yilning bahor-yoz mavsumidayoq parvozlarni boşlaşi rejalaştirilayotganini bildirgan.
Magic Air — xususiy kompaniya bölib, samolyotlarni lizingga beriş va ularni texnik xizmat körsatiş bilan şuğullanadi. Uning 99 foiz aksiyasi iordaniyalik tadbirkor Tarek Ziyod Abdul Hamid Al-Ajamiga tegişli. Şuningdek, u Albaniyada ham xolding kompaniyaga egalik qiladi.
Airbus kompaniyasi amaldagi barça qonunlar va sanksiyalarga qat’iy rioya etayotganini ma’lum qildi. Kompaniya vakillarining ta’kidlaşiça, sanksiya ostidagi davlatlarga samolyotlar, ehtiyot qismlar, hujjatlar yoki xizmatlarni qonuniy yöl bilan yetkazib berişning imkoni yöq. Şu bilan birga, Airbus heç bir original uskuna işlab çiqaruvçi uçinçi tomonlarning sanksiyalarni buzişini töxtata olmasligi, şuningdek, eski samolyotlar va ehtiyot qismlar bozorini nazorat qila olmasligini qayd etgan.
2021 yilda Ryanair reysi majburiy ravişda töxtatilganidan keyin Belarus aviakompaniyalariga YeI hududi ustidan uçib ötiş taqiqlangan. Öşdan Bryussel «Belavia»ga Yevropa kompaniyalari bilan yangi lizing şartnomalarini tuzişni taqiqlagan edi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Minskdagi muammolar yanada kuçaydi. 2023 yil avgustda YeI ğarb kompaniyalariga Belarus aviatsiya sohasi uçun tovar va texnologiyalar yetkazib berişni taqiqladi. Şuningdek, AQŞ va Buyuk Britaniya «Belavia»ga qarşi sanksiyalar joriy etdi.

















