Jizzaxda 4 baliqchi hayvonot dunyosiga qariyb 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi
Baliqchilar Aydarko‘ldan noqonuniy ravishda sanoatda ovlash taqiqlangan kichik hajmli 980 dona oqsila va 364 dona qizilko‘z balig‘ini ovlagan. Sud ularga ozodlikni cheklash jazosi tayinlab, hayvonot dunyosiga yetkazilgan 1 mlrd 789 mln so‘m zararni undirishni belgiladi.

Foto: Kun.uz
Jizzaxda noqonuniy baliq ovlagan shaxslar jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, fuqarolar F.G., J.S., A.N. va A.T. bir guruhga birlashib, Forish tumani Egizbuloq mahallasi hududida Aydar-Arnasoy ko‘llar havzasining 92-konturida baliq ovlash bilan shug‘ullanib kelishgan. Ular tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari talablarini qo‘pol ravishda buzishgan. Ya’ni baliqchilar sanoatda ovlash taqiqlangan kichik hajmli oqsila (sudak) va qizilko‘z (vobla) baliqlarini noqonuniy ravishda ovlashgan. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 1 mlrd 789 mln 760 ming so‘m zarar yetkazishgan.
2024 yil 13 iyun kuni Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Damas mashinasida olib ketilayotgan 980 dona oqsila va 364 dona qizilko‘z balig‘i ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Keyinchalik ushbu baliqlar iste’molga yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli tegishli tartibda yo‘q qilingan.
Sudda baliqchilar ayblariga iqror bo‘lib, qilmishlaridan pushaymonligini bildirishgan va yetkazilgan zararni ishlab qoplab berishlarini aytishgan.
Sud hukmi bilan F.G., J.S., A.N. va A.T. Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan aybli deb topilgan. Ularning har biriga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, ulardan hayvonot dunyosiga yetkazilgan 1 mlrd 789 mln so‘m zarar solidar tartibda undirilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan gaplashmoqchi. U «„qon hammomi“»ni to‘xtatish»ni muhokama qilishi haqida yozdi
Jahon | 16:30
-
Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:31
-
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
Jahon | 15:18
-
OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi
Jahon | 15:06
Mavzuga oid

09:27 / 15.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

21:08 / 09.05.2025
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

08:35 / 25.04.2025