Gulasal Erkinova

Karmana tumanidagi 10-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Gulasal Erkinova maktab partasidayoq talaba bo‘lishni uddaladi. U davlat imtihonlaridan olish mumkin bo‘lgan maksimal ballni to‘plab qo‘ydi. Bu haqda Kun.uz’ga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gulasal Erkinova o‘tgan o‘quv yilida chet tilini bilish sertifikatini hamda qo‘lga kiritgan.

Joriy o‘quv yilida esa matematika, tarix hamda o‘zbek tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikatga ega chiqqan.

Shuningdek, Karmana tumanidagi 5-IDUMning 11-sinf o‘quvchisi Maftuna Dilmurodova ham chet tilini bilish sertifikati hamda uch fandan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan. Bu xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliygohga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan Maftuna 182 ballni naqd qildi degani.

Milliy sertifikat nima?

Sertifikat – umumta’lim fanlari bo‘yicha talabgorning bilimini aniqlab berish uchun mo‘ljallangan sinov. Hozirgi paytgacha matematika, fizika, kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot, rus tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix va geografiya bo‘yicha sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Tegishli tartibga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga bu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.