Polşada hamkasbini tizimli ravişda zaharlaşga urinib kelgan farroş hibsga olindi, deb xabar beradi In-Poland naşri.
Qayd etilişiça, klining kompaniyasining 56 yoşli işçisi öz hamkasbining içimligiga zaharli modda qöşayotgani yaşirin kamera yordamida tasvirga olganidan keyin politsiya tomonidan hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga köra, jinoyatga işçilar örtasidagi şaxsiy adovat sabab bölgan.
Jabrlanuvçi bir neça oy davomida qorin sohasida kuçli oğriqlardan aziyat çekkan va avvaliga u buni çarçoq bilan boğlagan. Ammo ahvoli oğirlaşgaç, şifoxonaga murojaat qilgan va unda kimyoviy zaharlaniş alomatlari aniqlangan.
«Işxonada çoy va Coca-Cola ta’mi ğalati tuyulganidan keyin huşyor tortdim. Lekin men hamkasblarim bunga qodir ekaniga işona olmasdim», — deydi jabrlanuvçi.
Ayblanuvçi 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Şuningdek, ma’lumotlarga köra, kompaniya işçilaridan yana biri mazkur holatdan boxabar bölgan va jinoyatning oldini olişga urinmagan. Şu bois u ham uç yil muddatda qamalişi mumkin.

















