Toşkent xalqaro aeroportida Olmaotadan parvoz qilgan samolyot özbekistonlik yoş vatandoşlarni olib keldi, deb xabar beradi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

Qayd etilişiça, bolalarga Özbekiston Içki işlar va Soğliqni saqlaş vazirliklari xodimlari hamrohlik qilgan. Özbekistonning Qozoğistondagi konsullik xodimlari uşbu bolalarning tez va xavfsiz vatanga qaytişini ta’minlaş maqsadida barça zarur hujjatlarni rasmiylaştirgan.

Ayni paytda bolalar vaqtinça Toşkent şahar IIBB qoşidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirilgan. Bolalardan 8 nafari yaqin kunlarda Qoraqalpoğiston Respublikasiga yöl oladi va u yerda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tayyorlangan oila a’zolari hamda yaqin qarindoşlariga topşiriladi.

Ma’lumotlarga köra, ötgan uç oyda xorijdan vatanga qaytarilgan bolalar soni 31 nafarni taşkil qilgan — bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,5 barobar köp.

Ta’kidlanişiça, yaqin kunlarda Sankt-Peterburgdan 10 nafardan ortiq bolalardan iborat guruh ham Özbekistonga qaytarilişi rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, 29 mart kuni Rossiyada ota-ona qaramoğisiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan özbekistonlik bola vatanga qaytarilgan edi.