“Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi svetofor bilan tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 2009 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Ta’kidlanishicha, bola tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Uning ahvoli haqida batafsil ma’lumot keltirilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan mazkur YTH videosida bola svetoforning yashil chirog‘ida yo‘lni kesib o‘tayotganligi ko‘rinadi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani qayd etilgan.