Shavkat Mirziyoyev Yevroittifoq yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston va YeI yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni tubdan kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni Samarqand sammiti doirasida mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Turli darajalardagi faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlar, amaliy hamkorlikning institutsional mexanizmlari doirasida samarali ishlar olib borilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishga tayyorlanmoqda.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi bar ortib bormoqda. Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalari portfeli 30 milliard yevrodan ziyodni tashkil etmoqda. Mamlakatimiz Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yirik benefitsiari hisoblanadi, Toshkent shahrida Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy vakolatxonasi ochilmoqda.
EIning bosh institutlari rahbarlari Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturini, shuningdek, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklikni mustahkamlash borasidagi siyosatni yuksak baholadilar va qat’iy qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.
Muzokaralarda asosiy e’tibor innovatsiyalar, "yashil" energetika, tog‘-kon tarmog‘i, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga qaratildi.
Turizm, madaniyat, fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Bo‘lajak "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi oliy darajadagi sammit kun tartibidagi masalalar hamda Yevropaning "Global darvoza" strategiyasi doirasida ikki mintaqaning o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari, jumladan, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59 / 07.04.2025
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18 / 07.04.2025
Mavzuga oid

20:28 / 07.04.2025
Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

18:30 / 07.04.2025
Shavkat Mirziyoyev 20 ga yaqin mamlakat parlamentlari delegatsiyalarini qabul qildi

16:08 / 07.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alabaning 80 yilligi tantanalarida ishtirok etadi

10:47 / 07.04.2025