Xitoyning AQŞ tovarlariga 34 foizlik boj joriy etişini e’lon qilgani haqidagi xabar ortidan AQŞ fond indekslari pasayişni davom ettirdi.
Dow Jones indeksi 2,2 foiz pasayiş bilan oçildi, S&P 500 2,5 foizga va NASDAQ 2,6 foizga quladi. Tesla va Apple aksiyalarining har biri 6 foizga arzonladi, Alphabet, Microsoft, Nvidia va boşqa yirik texnologiya kompaniyalari aksiyalari narxi ham pasaymoqda.
Aktivlar böyiça Amerikaning eng yirik banki JPMorgan Chase aksiyalari 7,3 foizga, Goldman Sachs va Morgan Stanley aksiyalari ham şunday darajada pasaydi.
Yirik neft kompaniyalari aksiyalari ham pasaymoqda: Exxon 4,8 foizga, Chevron 4 foizga. Qöşma Ştatlarning eng yirik neftni qayta işlaş zavodi Marathon Petroleum aksiyalari 4,6 foizga arzonlaşdi.
Xitoyning AQŞ bojlariga munosabati investorlarning mamlakatlar AQŞ bilan muzokara ötkazişdan köra özaro çoralar körişi, bu esa keng kölamli savdo uruşiga olib kelişi haqidagi xavotirlarini kuçaytirgan.
Bir kun oldin, Tramp boşqa mamlakatlarga yangi import bojlari joriy qilişi töğrisidagi xabardan keyin butun dunyo böylab kompaniyalarning umumiy bozor kapitallaşuvi allaqaçon 3,1 trillion dollarga kamaydi. Şuningdek, asosiy fond indekslari 5-6% yöqotdi.

















