Mintaqa uçun tarixiy hafta: oğriqli çegara masalalarini hal qilib olgan Markaziy Osiyo Yevroittifoq bilan strategik şerikka aylandi. Yirik xususiylaştiriş bitimlaridan biri bekor qilindi: katta zararga kirib ketgan “Kvars” zavodini davlat qaytarib oldi. Piskent hangomalari davom etadi: “xavfli maşina”ga çiqarilgan Leapmotor'ni xitoyliklar kelib tekşiradi. Haftaning muhim voqealaridan qisqaça şarhlar – Kun.uz dayjestida.

Farğona vodiysidagi çegaralar kelişib olindi

Markaziy Osiyodagi çegara nizolariga vanihoyat davlatlar darajasida rasman barham berildi. 13 mart kuni Qirğiziston va Tojikiston örtasida çegara şartnomasi imzolangan bölsa, 31 mart kuni Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston davlat çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisidagi şartnomaga imzo çekildi.

Duşanba kuni Tojikistonning Xöjand şahrida ötgan uçraşuvda uç mamlakat rahbarlari çegara bitimidan taşqari, “Abadiy döstlik töğrisida”gi deklaratsiyani ham imzoladi. Yaxşi qöşniçilik, işonç va strategik şeriklikning ramzi sifatida, özaro çegaralarning tutaşgan nuqtasida qurilgan “Döstlik” stelasi oçildi.

Barça tomonlar bu kelişuvlarning tarixiy ahamiyatini bir ovozdan e’tirof etyapti, köplab davlatlar va taşkilotlar olqişlayapti. Ayni paytda, qator ekspertlar ayrim aholi vakillari tomonidan oğriqli qabul qilinişi mumkin bölgan çegara kelişuvlarini endi amaliyotda, samarali röyobga çiqariş muhimligini aytmoqda.

Umuman, Markaziy Osiyoda integratsiyaga intilişning bundan keyingi sur’ati ham siyosiy iroda, iqtisodiy hamkorlik, suv resurslari taqsimoti va taşqi aktorlarning roli kabi bir qator omillarga boğliq böladi. Bu jarayonda, ayniqsa rasmiy Toşkentning taşqi siyosatda Markaziy Osiyoni ustuvor yönaliş deb körayotgani va har yili maslahat uçraşuvlari ötkazib kelinayotgani muhim ahamiyatga ega. Bundan taşqari, ikki tomonlama norasmiy uçraşuvlar ham bölib turibdi. Ötgan hafta oxirida Şavkat Mirziyoyev Olmaotaga norasmiy safar qilib, qozoğistonlik hamkasbi bilan “Medeu” toğ-çanği majmuasiga borgandi. Ikki oy oldin esa Qirğiziston prezidenti galstuksiz suhbat quriş uçun Amirsoyga