AQŞ va Eron munosabatlaridagi keskinlaşuv. Tehronda qanday variantlar bor?
|20:55 / 08.04.202520 60311 min
Tramp agar AQŞ bilan yadroviy kelişuvdan boş torsa, Eronni bombalaş bilan tahdid qilgan. Tehron esa allaqaçon «qat’iy javob» qaytarişni va’da qildi. Ammo bu aynan qanday javob böladi? Va bunga Isroilning nima daxli bor?
AQŞ prezidenti Donald Tramp Tehron yangi yadroviy kelişuvdan boş tortadigan bölsa, Eronni keng kölamli bombardimon qiliş bilan tahdid qilmoqda. Şu bilan birga, AQŞ prezidenti Tehron bilan kelişuv tuzişni afzal körişini ta’kidlamoqda – Trampning avvalgi prezidentligi davrida AQŞning özi Eron bilan yadroviy kelişuvni tark etgandi. Vaşington Tehrondagi hukumatga bosimni kuçaytirmoqda va allaqaçon Yaqin Şarq mintaqasidagi aviataşuvçilari sonini köpaytirmoqda. Trampning sözlariga köra, tomonlar murosaga keliş imkoniyatini muhokama qiliş uçun şu haftada «juda katta uçraşuv» ötkazadi. Bungaça Eron töğridan töğri muzokaralardan boş tortayotgan, mamlakatning ma’naviy rahnamosi Ali Xominaiy esa AQŞ hujum qilgan taqdirda «qattiq javob»ga duç kelişidan ogohlantirgandi. Lekin bu aynan qanday javob bölişi mumkin? «Meduza» Eron islom respublikasida qanday variantlar borligi va nima uçun butun dunyo böylab AQŞ va Isroil fuqarolari xavf ostida qolişi mumkinligi haqida hikoya qiladi.
Vaşingtonning Eronga hujum qiliş uçun ikkita ssenariysi bor. Mamlakatni bombardimon qilişni (asosiysi, Natanz va Fordodagi ikkita yadroviy obekt) AQŞ armiyasi Isroil harbiy-havo kuçlari bilan hamkorlikda amalga oşirişi yoki operatsiyani töliq Isroil öz zimmasiga olişi mumkin. Bunday zarbalar natijasini oldindan aytiş umuman qiyin emas: Eron havo mudofaasi qarşilik körsata olişi dargumon – va ikkala yadroviy obektning yerusti infratuzilmasi yöq qilinadi. Agar operatsiyaga Amerikaning B-2 bombardimonçi samolyotlari va bunkerga qarşi qöllanuvçi GBU-57 bombalari jalb etilnsa, ularning yer ostidagi qismiga ham sezilarli zarar yetkaziladi.
Eron ehtimoliy hujumlarga qarşi mudofaa strategiyasida asosiy e’tiborni AQŞ va Isroilga javob zarbasi berişga qaratadi. Töğri, sönggi bir yil içida Eron rasmiylarining imkoniyatlari sezilarli darajada kamaydi. Ularning ittifoqçilaridan biri – Livandagi «Hizbulloh» taşkiloti Isroil bosqini natijasida jiddiy yöqotişlarga uçradi. Boşqasi – Suriyadagi Başar Asad rejimi – umuman yöq bölib ketdi.
Şuning uçun Tehron ehtimoliy javob zarbasini öylaganda, mintaqadagi hamkorlariga emas, birinçi navbatda öz kuçlariga tayanişga majbur. Şunga qaramay, Islom Respublikasida Eron turli xil kombinatsiyalarda foydalanişi mumkin bölgan yetarli imkoniyatlar mavjud.
Birinçi variant: Isroil böylab javob zarbasi
Tehronning AQŞ va Isroil harbiylarining ehtimoliy qöşma operatsiyasiga mantiqiy javobi Isroil hududiga zarbalar bölişi mumkin. Boz ustiga, Eron 2024 yilda ham raketalari va dronlari bilan uşbu mamlakatga ikki marta hujum qilgandi (garçi ular faqat çeklangan zarar yetkazgan bölsa-da). Xususan, ikkinçi hujum amaliyoti vaqtida Eron 200 ga yaqin ballistik raketalardan foydalangan, ularning ba’zilari Isroil havo mudofaa tizimi himoyasidan ötgan va «Nevatim» harbiy bazasidagi inşootlarga zarar yetkazgan.
Mavzuga oid
Albatta, Isroil hududiga berilgan avvalgi zarbalarda Tehron özining barça harbiy salohiyatini namoyiş etmagan. Biroq, Isroil havo hujumidan mudofaa nuqtayi nazaridan eng himoyalangan hududlardan biri bölib qolmoqda, ya’ni Eronning javobi uçun murakkab nişon. Şuning uçun Isroilga javob zarbasini voqealar rivojining asosiy ssenariysi sifatida körib çiqiş kerak emas.
Ikkinçi variant: Amerikaning Yaqin Şarqdagi harbiy bazalariga zarba
AQŞ harbiy bazalari mintaqaning turli qismlarida joylaşgan: Bahrayn, Misr, Iroq, Isroil, Iordaniya, Kuvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya va Birlaşgan Arab Amirliklari. 2024 yil oxirida Yaqin Şarqdagi Amerika harbiylarining umumiy soni taxminan 40 ming kişiga baholangan.
Bunday bazalar allaqaçon bir neça bor eronparast kuçlar hujumiga uçragan. 2024 yil yanvar oyida Iroqdagi şialar guruhi tomonidan uçirilgan Eron droni Iordaniyadagi harbiy bazaning havo mudofaasini yorib ötgandi. Öşanda uç nafar amerikalik harbiy halok bölgan.
2020 yil yanvarida Eron generali Qosim Sulaymoniy Donald Tramp buyruği bilan öldirilgandan söng, Islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiy-kosmik kuçlari Amerikaning Iroqdagi ikkita obektiga zarba bergandi. Öşanda 100 dan ortiq harbiy kontuziyaga uçragan.
AQŞning Yaqin Şarqdagi harbiy bazalari Eronning javob zarbasi uçun eng ehtimoliy nişonlardan biri bölib körinmoqda. Ular butun mintaqa böylab soçilib ketgan – bu esa ularning mudofaasini murakkablaştiradi. Ötgan tajriba şuni körsatdiki, AQŞ harbiy obektlarining havo mudofaasini yorib ötiş Isroilning ziç va köp qatlamli mudofaa tizimiga kirişdan köra ança osonroq. Bunday zarba holatidagi asosiy tahdid AQŞ harbiy-havo kuçlarining muqarrar javobidir.
Eron amal qiladigan assimetrik uruş konsepsiyasiga köra, Amerika ittifoqçilari Vaşingtonga bosim ötkaziş vositasiga aylanişi mumkin. Şu bois, Tehron Saudiya Arabistoni, Kuvayt, BAA, Qatar, Bahrayn yoki Iroqqa javob zarbasi berişi mumkin.
Eron allaqaçon mintaqa davlatlarini AQŞning ehtimoliy operatsiyasini har qanday qöllab-quvvatlaşni duşmanlik harakati sifatida körişi haqida ogohlantirgani bejiz emas. AQŞ harbiylari tomonidan uşbu davlatlarning havo hududi yoki hududidan foydalaniş ham şunga kiradi.
Tehron Ar-Riyod bilan munosabatlarni yaqinda tiklagandi va şu fonda Saudiya Arabistoni 2024 yilda Isroil va Eron örtasidagi zarbalar almaşinuvida özini betaraf tutdi. Eron tomoni şundoq ham murakkab vaziyatida Fors körfazidagi arab davlatlari bilan munosabatlarni qasddan buzişni istaşi dargumon. Şuning uçun bu davlatlar hududidagi Amerika harbiy bazalarigina hujumga uçraşi mumkin. Boşqa obektlarga zarba berilişiga esa faqat alohida holatlarda qöl uriladi va bu mojaroni aniq keskinlaştiriş böladi.
Törtinçi variant: Hörmuz böğozini tösib qöyiş
Sönggi ön yilliklarda Amerika tajovuzi sodir bölgan holatlarda Eron muntazam ravişda Hörmuz böğozini yopiş bilan tahdid qilib keladi. Uşbu yölak jahon uglevodorod bozori uçun muhim ahamiyatga ega. Dunyo neftining taxminan 1/6 qismi va suyultirilgan gazning 1/3 qismi şu yerdan ötadi. Bunday qadam butun dunyodagi iqtisodiy vaziyatni jiddiy izdan çiqarişi mumkin. Misollarni uzoqdan izlaşning hojati yöq: Yamandagi kamtargina husiyçilar tijorat kemalarining Qizil dengiz orqali ötişiga tösqinlik qilişda muvaffaqiyatli harakatlanmoqda.
Lekin bu variantdagi muammo boşqa joyda. Hörmuz böğozi bugungi kunda birinçi navbatda AQŞ emas, Xitoyga kerak: Xitoy import qiladigan neftning qariyb yarmi şu yönaliş orqali ötadi. Bunday qadam AQŞ manfaatlariga faqat bilvosita zarar yetkazadi, ammo şu bilan birga Tehronning asosiy savdo şerigi – Pekin bilan munosabatlarni buzadi.
Hörmuz böğozi yopilişi jahon iqtisodiyoti uçun uzoq muddatli oqibatlarga olib keladigan qadam bölib, bu yölakni tösib qöyiş Eron uçun juda oson. Şunga qaramay, Xitoyning manfaatlari tufayli bunday variant ehtimoli pastligiça qolmoqda.
Beşinçi variant: Erondagi AQŞ fuqarolari hibsga olinişi
Qöş fuqarolikka ega bölgan eronliklardan garov sifatida foydalaniş – Islom Respublikasi uçun odatiy taktikadir. 1979 yilgi inqilobdan söng AQŞda eronliklarning yirik diasporasi şakllangan bölib, ularning köplab vakillari öz vatanlari bilan aloqani yöqotmagan. Şuning uçun mamlakatda AQŞ va Eron fuqaroligiga ega bölgan köplab odamlar yaşaydi.
Eron hukumati ulardan köpinça siyosiy maqsadlarda foydalanadi. Amerika fuqaroligi egalari hibsga olinib, keyin AQŞdagi Tehrondagi rejim uçun muhim bölgan mahbuslarga almaştiriladi. Yoki Vaşingtonga bosim ötkaziş uçun. 2023 yilda Eron hukumati Janubiy Koreya banklarida muzlatilgan olti milliard dollarni oliş evaziga Amerikaning beş nafar fuqarosini ozod qilgandi.
Bunday variant Eron uçun eng oğriqsiz körinadi: hokimiyat qarşilik körsata olmaydigan odamlarga qarşi öz yurisdiksiyasi doirasida harakat qiladi. Darvoqe, bunday tadbirdan alohida samara ham kutiş kerak emas. Bir neça fuqaro hibsga olinişi Tramp ma’muriyati uçun katta zarba bölişi dargumon.
Oltinçi variant: butun dunyo böylab AQŞ va Isroil fuqarolariga suiqasdlar
Ötmişda Tehron bir neça bor Isroil va AQŞning harakatlariga uşbu mamlakatlarning dunyoning turli nuqtalaridagi diplomatik obektlariga yoki ularning fuqarolariga hujumlar bilan javob qaytargan. Eng maşhur misollar – 1983 yilda Bayrutdagi Amerika va Fransiya tinçlikparvar kuçlari kazarmalarida hamda 1992 yilda Buenos-Ayresdagi Isroil elçixonasidagi portlaşlar.
Biroq sönggi paytlarda Eron bunday operatsiyalarni kamdan kam hollarda muvaffaqiyatli ötkaza oldi. Isroil va AQŞ xavfsizlik kuçlari bunday tahdidlarning oldini olişni örgandi. Xususan, 2022 yilda Eron maxsus xizmatlari Turkiyada Isroil fuqarolariga suiqasd uyuştirişga uringan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uçragan.
Eron tomoni haqiqatan ham terrorçilik usullariga murojaat qilişi mumkin va potensial nişonlar juda köpligi hisobga olinsa, bunday ssenariy Tehron raqiblari uçun eng oğriqli ssenariylardan biriga aylanişi mumkin.
Yettinçi variant: yadro quroli yaratiş
Eronda yadro qurolini işlab çiqişga qaytiş zarurligi haqidagi munozaralar 2024 yildayoq faollaşgan edi. Ular Amerika prezidentining tahdidlaridan söng yangi kuç bilan alanga oldi. 6 aprel kuni Eron parlamenti (Majlisi) deputati Muhammad Qosim Usmoniy mamlakat özini himoya qilişining yadro quroli yaratişdan boşqa yöli yöqligini aytdi.
Tehron Isroil va AQŞning ehtimoliy zarbalarini ortga qaytmas nuqta sifatida qabul qilişi va yadroviy qurol işlab çiqiş masalasida özini çeklaşni töxtatişi ehtimoli yuqori. Biroq, asosiy yadroviy obektlarga ehtimoliy hujumlar mamlakatni texnologik jihatdan bir neça yil ortga uloqtiradi. Atom infratuzilmasini tiklaş bir neça yil talab etiladi. Şunga qaramay, uzoq muddatli istiqbolda Eronning yadro qurolini işlab çiqişi Yaqin Şarqdagi xavfsizlik va barqarorlik uçun eng xavotirli tahdidlardan biriga aylanişi mumkin.