Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adam Qodirovga «maxsus harbiy operatsiya»dagi hissasi uchun jangovar mukofot topshirildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li - 17 yoshli Adam Qodirov Rossiya Gvardiya qo‘shinlari federal xizmati (Rosgvardiya)ning «Jangovar xizmatlari uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Foto: Magomed Daudovning Instagram sahifasidan
Ushbu mukofot unga RF Milliy gvardiyasi direktori Viktor Zolotov buyrug‘i asosida berildi. Bu haqda Checheniston Respublikasi hukumati raisi Magomed Daudov o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.
«Jangovar xizmatlari uchun» medali Rosgvardiyada 2017 yilda ta’sis etilgan. Nizomga ko‘ra, ushbu mukofot shaxsiy jasorat, fidokorlik, tashabbus, muvaffaqiyatli rahbarlik va jangovar vazifalarni bajarishda ko‘rsatilgan boshqa xizmatlar uchun topshiriladi.
Daudov ta’kidlashicha, Adam Qodirovga ushbu mukofotni topshirish — uning «maxsus harbiy operatsiyadagi muhim hissasi», shuningdek, «xavfsizlik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi» xizmati e’tirofidir.
«Adam bolaligidanoq Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti Ahmat hoji Qodirov namunasiga amal qilib, o‘z xalqi va Vataniga sadoqat bilan xizmat qilib kelmoqda. U mas’uliyatli va maqsadga intilishli yigit bo‘lib, unga milliy yetakchimiz Ramzan Ahmatovich Qodirov doimo eng muhim yo‘nalishlar va vazifalarni ishonib topshiradi. Bugun Adam MHOda g‘alaba qozonishga munosib hissa qo‘shmoqda, Vladimir Vladimirovich Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlar universitetini samarali ravishda boshqarib kelmoqda», — deb yozdi Daudov.
Adam Qodirov 2023 yil sentabrida Qur’onni yoqqani uchun hibsga olingan Nikita Juravelni Grozniydagi tergov hibsxonasida kaltaklaganidan so‘ng omma e’tiboriga tushgan. Shundan so‘ng u bir necha bor mukofotlangan va respublika tuzilmalarida muhim lavozimlarga tayinlangan.
Jumladan, u Checheniston Qahramoni unvonini olgan, otasining shaxsiy xavfsizlik xizmati rahbari, shuningdek, Rossiya maxsus kuchlar universiteti va Checheniston IIV kuratori etib tayinlangan. 2024 yil oktyabr oyida uning ismi Rossiya rekordlar kitobiga Federatsiya sub’yekti rahbarining eng yosh xavfsizlik xizmati boshlig‘i sifatida kiritilgan — o‘shanda u bor-yo‘g‘i 16 yoshda edi. 2025 yil mart oyida esa Adam IIVning hududiy boshqarmasi kuratori lavozimiga ham tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
Jahon | 07:46 / 23.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?
Iqtisodiyot | 20:54 / 22.08.2025
AQSh 55 milliondan ortiq viza egalarini tekshiradi
Jahon | 10:08 / 22.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv orollarida kuz - chegirmalar va bonuslarga ega mehmonxonalar
O‘zbekiston | 13:00 / 26.08.2025
-
Toshkentdagi klinikada yuz bergan fojia bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat | 23:51 / 26.08.2025
-
Tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim va har bir mahallaga futbol maydoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 26.08.2025
-
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
Fan-texnika | 23:10 / 26.08.2025
Mavzuga oid

23:36 / 10.08.2025
Qodirov Chechenistonga ketma-ket ikki kun dronlar hujumi bo‘lganini aytdi

20:12 / 08.08.2025
Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Ramzon Qodirov oilasi 150 ga yaqin orden oldi

09:08 / 26.07.2025
Zarema Musayevaga yangi ish bo‘yicha 4 yil qamoq so‘raldi

08:26 / 01.07.2025