Malayziya Toshkentda reabilitatsiya markazini tashkil etadi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning MK Tron Group kompaniyalar guruhi asoschisi va ijrochi raisi Mutxukumar Ayarpadde bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuvda kompaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, mehmonxona boshqaruvi, xalqaro ta’lim, kichik va o‘rta biznes uchun fond birjasi sohalarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Mutxukumar Ayarpadde mahalliy hamkorlar bilan birgalikda O‘zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Toshkent shahrida reabilitatsiya markazini tashkil etish va xalqaro standartlar bo‘yicha boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, respublika hududlarida buyrak kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan dializ markazini hamda ko‘p funksiyali klinikalarni tashkil etish, farmatsevtika mahsulotlarini qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xalqaro sog‘lomlashtirish va estetik tibbiyot institutining ildiz hujayralarini davolash sohasida hamkorlik qilish va Toshkent shahrida maxsus laboratoriya tashkil etish kabi loyihalar shular jumlasidandir.
Kapital DX kompaniyasi O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesga xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb qilish imkonini beruvchi maxsus onlayn platformani yaratish va boshqarish bo‘yicha hamkorlikni taklif qildi.
Indah Atelier kompaniyasi esa Malayziyaning batik san’atini O‘zbekistonning mashhur ikat va so‘zana kashtalari bilan uyg‘unlashtirgan holda qo‘shma modalar kolleksiyasini birgalikda ishlab chiqishga qiziqish bildirdi.
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda

13:57 / 07.04.2025
Malayziya O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyalarini qurishga investitsiya kiritadi

11:29 / 05.04.2025