Xitoy o‘z fuqarolarining Rossiya tomonida turib Ukrainadagi urushda ishtirok etayotganini rad etdi
XXR Tashqi ishlar vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari xitoylik harbiylarni asirga olganiga oid ma’lumotlarni tekshirmoqda.

Foto: Telegram/Volodymyr Zelensky
Xitoy doim o‘z fuqarolarini qurolli mojarolardan «uzoqroq turishga» chaqiradi. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Tszyan brifingda jurnalistning Ukraina armiyasi tomonidan xitoylik harbiylar asirga olingani haqida bergan savoliga javoban ma’lum qildi.
«Xitoy Ukraina tomoni bilan ma’lumotni tekshirmoqda. Xitoy tomoni fuqarolarni doim mojaro zonasidan uzoqroq turishga, har qanday shakldagi qurolli mojarodan, jumladan, harbiy operatsiyalarda ishtirok etishdan qochishga chaqirishini ta’kidlab o‘tmoqchiman», — deydi Lin Szyan.
Kuni kecha Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya armiyasi tomonida turib jang qilgan ikki nafar Xitoy fuqarosini asirga olganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Donetsk oblasti hududida sodir bo‘lgan. Zelenskiy, shuningdek, Kiyevda Rossiya armiyasining boshqa bo‘linmalarida ham Xitoy fuqarolari jang qilayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar borligini ta’kidladi. Ukraina prezidenti mamlakat TIV rahbariga «Pekin bilan bog‘lanishni» buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Ukraina rasmiylari Rossiya tomonida jang qilayotgan Shimoliy Koreyaning ikki fuqarosini qo‘lga olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ulardan birida Rossiyaning Tuva hududida ro‘yxatdan o‘tgan boshqa shaxs nomiga berilgan harbiy guvohnoma borligi aniqlangan, ikkinchisida esa hech qanday hujjat topilmagan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Yaponiya vizani liberallashtirish masalasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston | 14:21
-
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari
Jahon | 13:53
-
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi
Jahon | 13:44
-
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 13:42
Mavzuga oid

13:16
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»

12:02
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi

10:22
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi

00:45