Ekologik nosoz avtomobillar haydovchilariga chora ko‘riladi
O‘zbekistonning markaziy shaharlarida «Toza havo» ekologik tadbiri boshlandi.

Foto: Ekologiya vazirligi
10 apreldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida navbatdagi «Toza havo» ekologik oyligi boshlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi va 10 maygacha davom etadi.
Tadbir «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlash, foydalanishda bo‘lgan avtotransport vositalarining ekologik holatini nazorat qilish maqsadida ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqich 10 apreldan 10 maygacha, ikkinchi bosqich esa 10 avgustdan 10 sentabrgacha tashkil etiladi (Toshkent shahrida 10 sentabrdan 10 oktyabrgacha).
«Toza havo» oyligi davomida muntazam YPX maskanlarida, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda hamda ko‘chalarda harakatlanayotgan avtotransport vositalari tekshiriladi.
Ta’kidlanishicha, ekologik nosoz deb topilgan avtotransport vositalari haydovchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 87- va 125-moddalariga ko‘ra chora ko‘riladi. Shuningdek, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasiga asosan, avtotransport vositalaridan nosozligi bartaraf etilgunga qadar foydalanish taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 19:47
-
Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilish qoidalarini kuchaytirmoqchi
Jahon | 19:47
-
Kambag‘al oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
O‘zbekiston | 19:09
-
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
O‘zbekiston | 19:05
Mavzuga oid

07:35 / 25.04.2025
O‘zbekistonning ko‘p asrlik 9 tup daraxti maxsus xalqaro ro‘yxatga kiritildi

17:33 / 29.03.2025
Global isish tufayli chuchuk suv zaxiralari 20 yil davomida keskin kamaydi – tadqiqot

21:11 / 19.03.2025
2024 yilda dunyoda 150 dan ortiq «misli ko‘rilmagan» ob-havo hodisalari sodir bo‘ldi

15:58 / 19.03.2025