Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 aprel kuni Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri, Global özgarişlar instituti raisi Toni Bler bilan uçraşdi.

Özbekistonning uşbu nufuzli tuzilma bilan amaliy hamkorligini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Toni Bler Yangi Özbekistonni barpo etiş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarning borişi va kölamini yuksak baholadi, ularni yanada ilgari suriş doirasida zarur ekspert-maslahat kömagini körsatişga tayyorligini bildirdi.

Iqtisodiyot tarmoqlariga yirik strategik investorlarni jalb qiliş, texnologik modernizatsiya, raqamlaştiriş va sun’iy intellektni joriy etişni jadallaştiriş, ustuvor sohalarda qöşma dastur va loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar hamkorlikning boşqa asosiy yönalişlari sifatida qayd etildi.

Toni Bler tomonidan 2016 yilda taşkil etilgan uşbu institut xalqaro notijorat taşkilot hisoblanadi. U turli mamlakatlarga barqaror va innovatsion rivojlanişning yangi modellarini işlab çiqişda, iqlim özgarişi va boşqa zamonaviy tahdidlarga qarşi kuraşişda kömaklaşadi.