Bu haqda yiğilişda çiqiş qilgan Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili ta’kidlab ötgan. Unga köra, 11 aprel kuni e’lon qilingan yangi yordam «Ramştayn» guruhi doirasidagi eng yirik harbiy kömakdir.

«Bugun e’lon qilingan yangi yordam 21 milliard yevrodan oşib ketdi. Bu Ukrainaga körsatilayotgan harbiy yordam böyiça rekord körsatkiç», — dedi Hili.

«Ramştayn» yiğilişi — bu Ukraina mudofaasi masalalari böyiça Kontakt guruhi doimiy uçraşuvlarining şartli nomi bölib, unda dunyo böylab önlab davlatlar iştirok etadi. Ilk bunday yiğiliş 2022 yili Germaniyadagi Amerika harbiy-havo bazasi «Ramştayn»da bölib ötgan va aynan şu joy nomi keyinçalik butun format uçun umumiy atamaga aylangan.

Uşbu uçraşuvlarning asosiy maqsadi — Ukrainaga Rossiyaga qarşi uruşda harbiy yordamni muvofiqlaştiriş, mudofaa ehtiyojlarini muhokama qiliş, qurol yetkazib beriş, harbiylarni tayyorlaş va uzoq muddatli qöllab-quvvatlaşdir.

«Ramştayn» iştirokçilari — NATO a’zolari, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Ukrainaga ittifoqdoş boşqa mamlakatlardir. Uşbu format Ukrainaga tanklar, havo hujumidan himoya tizimlari, artilleriya va boşqa turdagi qurollarni taqdim etiş böyiça qarorlar qabul qilinişida asosiy maydonçaga aylangan.