Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston BAAni mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l oldi

Foto: UFA
Saudiya Arabistonida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi U-17 musobaqasida chorakfinal o‘yinlari davom ettirildi. Musobaqada qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi yana bir ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Islom Ismoilov boshchiligidagi futbolchilar BAAga qarshi bahsda 3:1 hisobida g‘alabaga erishib, yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Asilbek Aliyevning dubli va Sayfiddin Sodiqovning penaltidan kiritgan goli o‘zbekistonlik sportchilarga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.
O‘yinning 14 va 36-daqiqalarda Aliyev raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim oxirida Sodiqov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 67-daqiqada BAA futbolchisi Buti jarima zarbasidan unumli foydalanib, jamoasining yagona golini kiritdi.
O‘zbekistonning yarimfinaldagi raqibi 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Indoneziya – KXDR o‘rtasidagi uchrashuv natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Osiyo Kubogi U-17. 1/4 final
O‘zbekiston — BAA 3:1
Gollar: Asilbek Aliyev (14, 36), Sayfiddin Sodiqov (45+4, penalti) — Buti (67).
O‘zbekiston — Ne’matulloh Rustamjonov, Muhammad Hakimov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Miraziz Abdukarimov, Sadriddin Hasanov (Azizbek Abdumo‘minov, 80), Muhammad Habibullayev, Sayfiddin Sodiqov (Abdulloh Fazliddinov, 55), Muhammadali Musoxonov, Abubakr Shukurullayev (Farid Abdullayev, 46), Azizbek Erimbetov (Jamshid Rustamov, 55), Asilbek Aliyev (Nurbek Sarsenbayev, 84).
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik
Jahon | 19:01
-
O‘zbekiston media bozori transformatsiyasi: Ledokol Group’ning 17 yillik faoliyati fonidagi tahlil
O‘zbekiston | 19:00
-
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
Jahon | 18:19
-
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
O‘zbekiston | 18:01
Mavzuga oid

00:31 / 18.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi

00:22 / 10.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan yirik g‘alabaga erishdi

17:37 / 20.03.2024
O‘zbekiston U17 jamoasi yetakchisi Ispaniya klubiga o‘tishi mumkin

15:34 / 25.11.2023