O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart bilan muzokaralar o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildilar.

Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik to‘g‘risida ta’kidlandi.

Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha xalqaro jamoaviy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.